O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Reja asosida hikoyaning 1-bo’limini to’liq qayta hikoya qilish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   416
3. Reja asosida hikoyaning 1-bo’limini to’liq qayta hikoya qilish 
musobaqasi. 
4. Test topshiriqlari ustida ishlash.
Har bir guruhga konvertda test 
topshiriqlari beriladi. 
Test namunalari: 
1. Qovun nomlari berilgan qatorni toping. 
A) Bo’rikalla, doniyor, bosvoldi 
B) Qo’zivoy, ko’kalanish, umrboqi 
V) CHaros, qizilurug’, darolti 
2. Uzum nomlari berilgan qatorni toping. 
A) CHaros, buvaki, qo’zivoy 
B) Hasayni, chillaki, kishmishi 
D) Qizilurug’, Ko’kalapish 
3. Hasan, Husan, Fotima, Zuhra qaysi asar qahramonlari? 
A) «Oltin fasl» 
B) «Xarita» 
D) «Qovun sayli» 
4. Darsda o’rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa chiqarish. 
− Fasllar va dehqonchilik bilan bog’liq qanday anoanalarni bilasiz? O’zingiz 
shunday anoanalarda ishtirok etganmisiz? 
− Anoanalarni saqlab qolish va davom ettirish uchun nima qilish kerak? 
5. Uyga vazifa.
Asarning birinchi bo’limini ifodali o’qishga tayyorlanib, matn 
yuzasidan savollar tuzib kelish. 
6. Guruhlarning to’plagan ballarini eolon qilish.
Bunda to’plangan ballar 
eolon qilinadi va har bir guruhda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiriladi. 


278 
 
Masalni o’qish metodikasi 
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan 
aksariyat kichik she’riy, baozan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar 
masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga 
ko’chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo’lishidan tashqari, kulgili savol-
javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko’pincha masalning kirish 
qismida, baozan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi. 
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy 
shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb taorif beriladi. Masallarda 
turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va 
yechimi bo’lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli 
tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi. 
«Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo’lgan. O’z maonosidan 
ko’chirilgan (majoziy) so’z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” 
tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu taobir 
joriy qilingan»
26

Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini 
ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o’zining satirik asarlarini 
kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo’lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida 
yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli o’zbek masalchisi 
Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri Lafontenning masallari ham 
mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”, 
“Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rolь o’ynaydi. 
O’zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham 
Navoiy anoanalarini davom ettirganlar, bolalarbop ko’pgina masallar yozganlar. 
26
Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати. 
Ўқитувчи, 1979. 104 - 
бет. 


279 
Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar 
qiziqib o’qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” 
(“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy 
masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o’qish va tarbiyasida katta 
ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi. 
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan 
Najjor” masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda 
do’stlik, rostgo’ylik, qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari 
suriladi. 
Ma`lumki, tarbiya ko’proq taolim jarayonida berib boriladi. Bolalarga 
maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. 
Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar 
maonaviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, 
mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, 
fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar 
paydo bo’ladi. 
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik, 
yolg’onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. 
Lekin amaldagi boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam 
o’rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o’rni beqiyosdir. Masaldagi 
qissadan hissa o’quvchi matndagi eotibordan chetda qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib 
ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi. 
3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin