O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Ilg`or pedagogik texnologiya asosidagi she`r o`tish darsi namunalari



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   416
Ilg`or pedagogik texnologiya asosidagi she`r o`tish darsi namunalari: 
1-dars namunasi: 
Mavzu. 
Qor − hayot suvi. 
O’quv materiali.
Qish to’zg’itar momiq par (Qudrat Hikmat). 
Darsning maqsadi:
1. O’quvchilarni she’rni ifodali o’qishga, she’r matni ustida ishlashga o’rgatish; 
shoirning qish fasli xususiyatlarini she’r orqali tasvirlashdagi mahoratini ochib 
berish; o’quvchilarning qishning xususiyatlari, qorning hayot uchun foydasi 
haqidagi tushunchalarini boyitish. 
2. O’quvchilarning lug’atiga 
bulut to’shagi, momiq par, oq namat (qor), 
izg’irin, hovuz, mo’rkom, surunkasi, fayz bermoq, oq choyshab
kabi so’z va ibora, 
tasviriy ifodalarni kiritish. 
3. O’quvchilarning mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish. 
4. Tabiatni sevish, uning ehsonlarini qadrlashga o’rgatish. 
Dars turi:
yangi bilim beruvchi, lirik she’r o’rganiladigan dars. 
Darsda qo’llaniladigan metodlar:
izohli o’qish, mustaqil ish metodi
tarmoqlash metodi. 
Darsning jihozi:
qish fasli tasvirlangan rasmlar, Q. Hikmat portreti, shoir 
haqidagi maolumotlar yozilgan ko’rgazma. 
Darsning borishi: 
1. O’quvchilarda yangi mavzuni o’rganishga qiziqish uyg’otish, 
topishmoq aytish yo’li bilan bugungi darsning mavzusini aniqlashtirish

Oppoqqina dasturxon 
Er yuzini qoplagan.
(Qor) 
Bostirdim ikki tovuq, 
Biri issiq, biri sovuq.
(Yoz, qish) 
Savol:
Bugungi o’qish darsimiz qaysi mavzu haqida ekan? 


296 
2. Qish fasli haqida kirish suhbati.
Xattaxtaga qish fasli tasvirlangan rasmlar 
ilinadi va savollar beriladi: 
− Yil qaysi fasl bilan boshlanadi? 
− Qish fasli haqida nimalarni bilasiz? Rasmlardan foydalanib so’zlang. 
− Qish bekorchilik faslimi? 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin