308
malakasini oshirish. 2.
Maqollar orqali o’quvchilar
ongiga vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, ilm olishga qiziqish, kamtarlik, oqko’ngillik tuyg’ularini singdirish.
3. O’quvchilarni ko’rgan-bilgan, eshitgan, o’qiganlari yuzasidan xulosa chiqarishga,
o’z nutqida maqollardan foydalanishga o’rgatish.
Darsning turi.
Yangi bilim beruvchi, maqol o’qish darsi.
Darsning borishi:
I. Daovat bosqichi.
Maqsad:
o’quvchilarda yangi mavzuni o’zlashtirishga
ishtiyoq uyg’otish, maqollarning xususiyatlari haqida maolumot berish.
Metod:
Suhbat metodi.
O’qituvchi xattaxtaga quyidagi maqollarni yozib qo’yadi:
“Birlashgan o’zar,
birlashmagan to’zar”, “Avval o’yla, keyin so’yla”.
O’qituvchi:
Abdulla Avloniyning «Yaxshilik yerda qolmas» hikoyatini
bilasizmi?
Xattaxtaga hikoya mazmuniga mos rasmlar ilinadi.
O’qituvchining hikoyasi:
Yaxshilik yerda qolmas
Bir ari suv ustinda uchib borur edi. Birdan suvga yiqilib ketdi. Qanotlari ho’l
bo’lib ucharga kuchi yetmadi. O’lar holatga yetdi. Buni bir kabutar ko’rib,
ariga
rahmi kelub, darhol bir cho’pni tishlab, suvga tashladi. Bechora ari bu cho’pni kema
qilib, suv balosidan qutuldi. Arodan ko’p o’tmadi. Bir bola tuzoq qo’yib, kabutarni
tutmoqchi bo’ldi. Ari buni ko’rgan zamon kelub, bolaning qulog’ini chaqdi. Bola
qulog’ining alamidan tuzoqni tashlab, qulog’ini ushladi. Kabutar vaqtni g’animat
bilib, uchib ketub, o’limdan qutildi.
Topshiriq.
Xattaxtadan siz tinglagan hikoyaga mos maqolni topib, belgilang.
(O’quvchilar “Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar” maqolini belgilaydilar)
– Qolgan maqollarga mos qanday hikoya, ertaklar o’qigansiz? (“Bilim – aql
chirog’i” maqoli mazmuniga mos “Ilm afzal” ertagini o’qiganmiz)
– Maqollarni yana qanday nom bilan atash mumkin? (“Dono fikr” deb atash
mumkin.)
− Bugungi darsda nimalarni o’rganar ekanmiz?
309
− Maqollar nima haqda bo’ladi? Ular nima maqsadda yaratiladi? O’quvchilar
javobi to’ldirib, umumlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: