O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


  Ilmiy-ommabop asarlarni o`tish darsi ishlanmasi namunasi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   416
 


320 
Ilmiy-ommabop asarlarni o`tish darsi ishlanmasi namunasi: 
Mavzu.
Bahor shabadasi. 
O’quv materiali.
Bahor taorifida 
(Yusuf Xos Hojib). 
Darsning maqsadi: 
1. O’quvchilarga Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi haqida maolumot berish
bahorning uyg’onish fasli ekanligi, o’quvchilarning tabiatdagi o’zgarishlar haqidagi 
bilimlarini boyitish. 
2. Bahor faslini qadrlash va sevish hissini tarbiyalash. 
3. O’quvchilarning o’qish malakalarini yanada rivojlantirish, o’quvchilar 
lug’atini 
nasim, turdosh, chin, sabo, havo
so’zlari bilan boyitish, iboralarning 
maonosini izohlash, savol-topshiriqlar ustida ishlash. 
Dars turi:
yangi bilim beruvchi, ilmiy-ommabop asarlarni o’qish darsi. 
Darsning metodi:
izohli o’qish, suhbat, tarmoqlash metodi. 
Darsning jihozi:
bahor fasli, tabiati tasvirlangan rasmlar, predmet rasmlari: 
qushlar, gullar, hayvonlar rasmi. 
Darsning borishi: 
I. O’quvchilarni yangi o’rganiladigan mavzuga tayyorlash. 
Quyidagi topishmoq aytiladi, o’quvchilar uning nima haqida ekanini va 
javobini topadi:
Ilon izli yorug’ nur 
Bulutlarni quchadi. 
Jarangdor ovozidan 
Eru osmon ko’chadi.
(CHaqmoq)
 
Savollar beriladi: 
− Topishmoqni topishda sizga qaysi so’zlar yordam berdi? 
− Bu so’zlar qaysi fasl taorifida aytiladi?
1. Aqliy hujum. 
− Bahor faslini qanday so’zlar bilan taoriflash mumkin?


321 
O’quvchilar javobi tarmoqlash usulida har xil ranglar bilan kartonga yozib 
boriladi. 
Tarmoqlash bahor faslining ko’rinishini eslatadigan shaklda ham bo’lishi 
mumkin. 
2. Bahor faslidagi tarixiy sanalar haqida suhbat.
− Bahor faslida qaysi bayramlar nishonlanadi?
− Siz qaysi bayramni juda yaxshi ko’rasiz? 
3. O’quvchilarga bahor haqida yod olingan she’rlardan ayttiriladi. 
O’qituvchi o’quvchi bilan bo’lgan suhbatni umumlashtiradi: 
Bahor - yaxshi 
kayfiyat, mehnat qilishga ishtiyoq uyg’otadigan fasl. SHuning uchun qadimdan 
shoir va yozuvchilarimiz bahorni madh etib she’rlar bitgan, hikoyalar yozgan. 
SHunday yozuvchilarimizdan biri Yusuf Xos Hojibdir. Siz bu yozuvchi haqida 
oldingi darslarimizda eshitgansiz. 
− Eslang. Yozuvchining qaysi asaridan parcha o’qigansiz? O’sha parcha nima 
deb nomlangan edi? Unda nima haqida hikoya qilingan edi? (Yaxshilik va yomonlik, 
bilimdonlik va nodonlik haqida). 
− Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridan yana bir parcha o’qiymiz. 
O’ylang. Bu parcha qaysi mavzuda bo’lishi mumkin? Xattaxtaga mavzu va o’quv 
materiali nomi yoziladi: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin