315
Xulosa qilib aytganda, topishmoq, qo’shiq, maqollar o’quvchilarning aqliy
o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ularda dono xalqi bilan faxrlanish
va ularga munosib farzandlar bo’lishga undaydi.
Doston o’qish metodikasi
O’zbek xalqi og’zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og’zaki ijodning qadimdan
shakllangan janri
doston
dir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan shakllardan
hisoblanadi.
«Doston»
so’zi «
qissa», «hikoya», «taorif», «maqtov», «shon-
shuhrat», «sarguzasht»
maonolarida ishlatiladi. U
adabiy atama sifatida yirik
hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og’zaki ijodida shakllangan bu janr
keyinchalik yozma adabiyotda ham salmoqli o’rin tutgan.
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan kuylangan. Ular hozir ham
baxshi, oqin, shoir
nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining matni nazmiy va nasriy
parchalardan iborat bo’lib, mavzusiga ko’ra xilma-xildir. Xalq dostonlari quyidagi
turlarga bo’linadi:
1. Qahramonlik dostonlari.
2. Jangnoma dostonlar.
3. Ishqiy-romantik dostonlar.
4. Tarixiy dostonlar.
5. Kitobiy dostonlar.
Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining paydo
bo’lishiga sabab bo’lgan.
«Alpomish», «Yodgor»
kabi xalq qahramonlik
dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo’lishiga qaramay, ularning
asosini
xalq hayoti va kurashi, uning orzu-armonlari tashkil etadi. Xalqqa xos
insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik,
mehnatsevarlik, do’stlik va
sadoqat kabi oliyjanob fazilatlar xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida
mujassamlashgan.
Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida doston janriga kam o’rin berilgan. 3-sinf
«O’qish kitobi» da
«Alpomishning bolaligi»
dostonidan parchalar berilgan bo’lsa,
4-sinfda Yusuf Xos Hojibning
«Odamdan nima qoladi»
dostonidan parcha
keltirilgan.
316
3-sinfda o’quvchilarga doston
haqida beriladigan maolumot
«Alpomishning
bolaligi»
dostoniga bog’liq holda bayon etiladi. Darsda o’qituvchi doston haqida
quyidagi maolumotlarni beradi:
«Doston ham xalq og’zaki ijodining bir turidir. Dostonda xalq hayoti, kurashi
va orzu-umidlari aks etadi. O’zbek xalq dostonlarida voqea-hodisalar she’riy va
nasriy yo’l bilan ifoda qilinadi, qahramonlarning xususiyatlari, xulq-atvori, ichki
kechinmalari va harakati baozan baxshi nutqida, baozan dostonda qatnashuvchilar
nutqida aks etadi. Dostonlarda voqealar maolum tartibda beriladi: avval
qahramonlarning yoshlik chog’lari, xulq-atvori, keyin voqealar hikoya qilinadi».
Boshlang’ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan,
qahramonlarning bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalarni
qahramonlikka, Vatanga sadoqatli bo’lishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3-sinf
darsligidan o’rin olgan
«Rustamxon», «Alpomish»
dostonlari xalq og’zaki
ijodi
mahsuli bo’lganligi uchun muallif haqida maolumot berilmaydi. Faqat bu dostonlar
o’rganiladigan darslarda dostonni qo’shiq qilib aytadigan baxshilar haqida
maolumot berish mumkin.
Qahramonlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga, qahramonlar hayotiga
alohida eotibor qaratiladi. Dostondagi mubolag’a,
favqulodda yuz beradigan
vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa
chiqarishda o’quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishlari uchun sharoit yaratiladi.
4-sinfda
Yusuf Xos Hojibning
«Odamdan nima qoladi»
nomli
doston
o’rganiladi. Bu dostonni quyidagi tartibda o’rganish mumkin:
1. 3-sinfda doston haqida olingan bilimlar esga olinadi va to’ldiriladi.
2. Dostonni o’qishdan oldin uning muallifi - Yusuf Xos Hojib haqida maolumot
beriladi.
3. O’qituvchi dostonni ifodali o’qib beradi.
4. Doston yuzasidan dastlabki suhbat o’tkaziladi. Suhbatda o’quvchilarga
quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: «Doston nimalar haqida ekan?»,
«Dostonni o’qish orqali nimalarni bilib oldingiz?» va hok.
5. Doston qismlarga bo’linib, o’quvchilarga o’qitiladi.
317
6. Doston mazmuni to’liq qayta hikoya qildiriladi. Bunda bir o’quvchi
mazmunni gapirib berishi yoki bir necha o’quvchi ketma-ket davom ettirishi
mumkin.
7. Doston matni ustida ishlashda dostondagi badiiy vositalarga e`tibor
qaratiladi, asar mazmuni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, dostonning ba`zi
epizodlariga rasmlar chizdirish, dostonga reja tuzish kabi ish turlaridan
foydalaniladi.
8. Umumlashtiruvchi suhbat o’tkaziladi. Bunda dostondagi muhim gaplarni,
fikrlarni o’quvchilar qanday tushunganliklari so’raladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, dostonni o’rganish darsining qurilishi
quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda o’qitilishiga
mos ravishda ish turlari tanlanadi).
2. Dostonni o’quvchi ifodali o’qishi yoki baxshi aytganini eshittirish.
3. Dostonni qismlarga bo’lib o’qish.
4. Doston mazmunini tahlil qilish.
5. Dostonda o’quvchilar tushunishi qiyin bo’lgan so’z va so’z birikmalarining
maonosi ustida ishlash.
6. Dostondagi badiiy sanoatlar ustida ishlash.
7. Dostonni qismlarga bo’lish va reja tuzish.
8. Dostonni to’liq qayta hikoyalash.
9. Umumlashtiruvchi suhbat.
Dostları ilə paylaş: