O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   416
O’qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish 
Umumlashtiruvchi o’qish darslari qurilishi jihatidan o’qish darslarining boshqa 
turlaridan farqlanadi. Bunday dars bo’lim materiallari o’rganib bo’lingach tashkil 
etiladi. Yangi dastur va metodik qo’llanmalarda tavsiya qilinganidek, har bir o’qish 
darsida o’quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini 
mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi. SHuning uchun umumlashtiruvchi 
darsning qurilishi o’mumlashtirishning maqsad va xarakteriga qarab belgilanadi. 
O’qishdan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini bir 
tizimga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. 
Umumlashtiruvchi dars odatda o’qish dasturidagi u yoki bu muhim mavzu 
yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo’limini 
yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin.
Umumlashtiruvchi dars bolalar tasuvvuri va tushunchalarni kengaytirishga 
yordam beradi; bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab 
jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotida qanday ahamiyatga ega ekanini 
tushunadilar. Bu darsda o’qituvchi bolalar bilimini boyitadigan shu mavzuga oid 
qo’shimcha materiallar ham berishi mumkin. 
Umumlashtiruvchi darsda takrorlash ilgari o’qilganlar mazmunini o’quvchilar 
yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo’lishi, bolalar 


331 
bilimini maolum bir tizimga solishga, ayrim tasavvur va tushunchalarni tartibga 
solishga yordam berish lozim. SHunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan 
o’qiganlarnigina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok 
qilingan tabiatdagi predmetlar va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy 
tajribalari ham material bo’ladi. Maktab hayoti, oila mavzusiga yoki 
tabiatshunoslikka oid mavzuga bag’ishlangan umumlashtiruvchi darsning vazifasi 
kitob materialini o’quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalar jarayonida olgan 
bilimlari bilan bog’lash hisoblanadi. 
Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo’lib, ko’rilgan va 
kechirilganlar yuzasidan, illyustrativ materiallarni (rasmlar, misollar) ko’rsatish va 
tahlil qilish, o’quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o’qishi, ekskursiya va 
kuzatishlar asosida o’quvchilarning og’zaki hikoyasi kabilardan foydalaniladi. 
Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib 
tanlanadi.
O’quvchilar muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rganlari, 
eshitganlari, kuzatganlari xaqida o’z fikr-mulohazalarini dadil va erkin aytish 
imkoniyatiga ega bo’lsinlar. Masalan, maolum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan 
umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va 
maqollardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, u yoki bu qikoya yoki 
maqolda qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini 
aytadilar, ayrim zaruriy hollarda o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. 
Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, 
ular ekskursiyada ko’rganlaridan nimalar qiziqarli bo’lganini, qaysilari kuchli 
taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam beradi. Bular 
o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatadi, 
o’stiruvchi taolimning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 
4 - sinfda Vatan haqida bilim beradigan “O’zbekiston - Vatanim manim” 
mavzusida berilgan “Serquyosh o’lka” she’ri (Z.Diyor), “Toshkentnoma” 
(M.SHayxzoda), “Dehqon bobo va o’n uch bolakay qissasi” (A.Oripov), “Xarita” 
(N.Norqobilov), “Madrlik va aql yorug’ligi” (M.Aozam) she’r va hikoyalari 


332 
o’qilgandan 
keyin 
o’tkaziladigan 
umumlashtiruvchi 
darsning 
vazifasi 
o’quvchilarning o’qiganlarini, Vatan bo’ylab qilgan sayohatlari jarayonida 
ko’rganlari, hozirda ko’rayotganlari bilan bog’lab, umumiy xulosa chiqaradilar. 
Bunda o’quvchilarning shaxsiy tajribasi, oila va maktab, shahar hayoti haqidagi 
bilimlari katta ahamiyatga ega. Bunday darslarda umumiy xulosani o’qituvchining 
yordamisiz o’quvchilarning o’zlari mustaqil ravishda chiqarishlari juda muhim 
bo’lib, bu ularning kelgusi ishonchlarini shakllantirish uchun mustahkam asos 
hisoblanadi. 
“O’qish kitobi” darsliklarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar 
qiziqishlariga yaqin, ularning yosh xususiyatlariga mos, shuning uchun ular 
yuzasidan bolalar to’g’ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa 
chiqarish tarbiyalovchi taolimda muhim ahamiyatga ega. 
Umumlashtiruvchi darsni muvaffaqiyatli o’tkazish unga o’qituvchining qanday 
tayyorgarlik ko’rganiga bog’liq. Bunday darsda juda ko’p material yuzasidan 
umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirish mumkin emas; bu darsga ko’p material 
yuklash o’quvchilar diqqatini tarqatib yuboradi, idrok etish qobiliyatlarini 
pasaytiradi va faol fikrlash imkonini chegaralaydi. O’qituvchi umumlashtiruvchi 
darsda o’quvchilardan nimalarni so’rashni, mavzu yuzasidan yana nimalarni 
umumlashtirishni belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o’ylab, bolalar tafakkuri 
va faoliyatini faollashtirishga taosir etadigan ish turlaridan foydalanishni 
rejalashtiradi. 
Umumlashtiruvchi darsni o’qish dasturidagi har bir mavzu o’rganilgandan 
so’ng o’tkazish shart emas. Uni faqat o’qish darsining muhim va katta bo’limi 
materiallari o’rganilgandan keyin o’tkazish maqsadga muvofiq. Mavzularni 
o’rganish davrida foydalanilgan ko’rgazmali qo’llanmalardan, savol va 
topshiriqlardan, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan 
umumlashtiruvchi darslarda shundayligicha − bir xilda foydalanish tavsiya 
etilmaydi. 
Umumlashtiruvchi dars oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun o’qituvchi kundalik mashg’ulotlarda foydalanilgan juda ko’p 


333 
materiallardan har bir mavzu uchun juda muhim va xarakterlilarni tanlashi, 
o’quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o’z fikr-mulohazalarini mustaqil 
ravishda bayon etishga imkoniyatni ekskursiya va kuzatishda yozgan xotiralarni 
(agar bo’lsa) o’qib chiqishlari, ilgari tayyorlangan rasmlarini yig’ishlari, kitobdagi 
materiallarni ko’zdan kechirib, qiziqarli o’rinlarini belgilashlari, u yoki bu asardan 
ayrim parchani yodlashlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin