326
Darsning maqsadi:
1. O’quvchilarga topishmoqlarning
janriy xususiyatlari
haqida maolumot berish. Ularning topishmoqni ifodali o’qish, javobini tez topish
malakalarini oshirish, ziyraklikka o’rgatish.
2. O’quvchilarning muomala madaniyatini oshirish.
3. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash
qobiliyatini shakllantirish,
ijodiy
faoliyatga yo’llash.
Darsning turi:
yangi bilim beruvchi, topishmoq o’qish darsi.
DARSNING BORISHI:
I. Daovat bosqichi.
Maqsad:
o’quvchilarning
topishmoq haqidagi
tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg’otish.
Metod:
suhbat, izlanish metodi.
O’qituvchi
xattaxtaga osmondagi yulduzlar, yong’oq, yer yong’oq, arra
rasmlarini ilib qo’yadi va quyidagi topishmoqni yozadi:
Tunda ko’rib, cho’g’ deysan,
Tongda ko’rib yo’q deysan.
Savol-topshiriqlar beriladi:
− SHu rasmlar ichidan topishmoqning javobini toping.
− Qaysi so’zlar orqali topishmoqlarning javobi “yulduz” ekanini bildingiz?
Xattaxtaga 2-topishmoq yoziladi:
Qo’shaloq tovoq,
Ichi to’la yog’.
− Qaysi belgilariga ko’ra topishmoqning javobini topdingiz?
3-topishmoq yoziladi:
Pilla kabi bo’g’indor,
Har bo’g’inda mag’zi bor.
− Yer yong’oqning qaysi belgilari topishmoqda keltirilgan?
4-topishmoq:
Og’zi yo’g’-u tishi bor,
Duradgorda ishi bor.
− Javob qaysi so’zlar orqali topdingiz?
327
O’qituvchi:
− Topishmoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi?
− Topishmoqda narsaning belgilarini ifodalovchi so’zlar bo’ladi.
− Topshimoqlarda ko’pincha kim?, nima? so’zlariga javob bo’ladigan
so’zlar yashirinadi.
Dostları ilə paylaş: