324
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o’rganish metodikasi
Topishmoqlar
narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli,
xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida
topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir.
Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog’liq holda yaratiladi. Ularning
zaminida kishilarning qadimiy eotiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga
bo’lgan intilishlari yotadi.
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. Topishmoqning
javobini topish uchun topishmoq matnini yaxshilab o’qish,
nimaga ishora
qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat
va belgilari aynan
nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq o’quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o’rgatadi. SHu sababli
xalq og’zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qo’llanilgan. 1-2-sinf
«O’qish kitobi» da topishmoqlar ko’proq har bir matn ostida keltirilgan. Bundan
ko’zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o’zlashtirilishiga
erishishdir. Masalan, 1-sinf «O’qish kitobi» da «Kitobga mehr» matni ostida «Qat-
qat qatlama, Aqling bo’lsa tashlama» topishmog’i keltirilgan va
mavzuga juda mos
tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilganda ularning javobi oson topiladi.
1-4-sinf o’qish darsliklarida «Topishmoqlar» mavzusi ostida har xil topishmoqlar
ham berilgan bo’lib, ular o’quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini
o’stiradi. Darsliklarda topishmoq javoblari ostiga yozib qo’yilgan
yoki rasmlar
orqali berilgan. 3-4-sinflarga o’tgach esa javoblar qayd etilmagan. Buning sababi
shuki, bu davrga kelib o’quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko’nikmalarini hosil
qilgan bo’ladi.
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday
topishmoqlar sho’x, qiziqarli bo’ladi. Masalan, 4-sinf «O’qish kitobi» da
«Quvnoq
topishmoqlar»
(A. Akbar),
«Buni toping, qizlarim»
(G’. G’ulom) kabi topishmoqlar
keltirilgan.
325
Latifa
xalq og’zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo’lib, nozik, mayin
kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Xalq o’rtasida
«afandi» deb ham yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan
bog’liq
holda yaratiladi, ixcham syujetga ega bo’ladi. Latifalarning eng muhim
xususiyatlaridan biri uning hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir.
Latifa matni ustida ishlashda ham hikoya matni ustida ishlashda qo’llangan
usullardan foydalanish mumkin. Lekin bunda latifa janrining o’ziga xos jihatlariga
ham ahamiyat qaratish lozim.
1-sinf “O’qish”darsligida «Uyqum qochib ketdi», «Tuya eshikdan sig’maydi»
kabi latifalar keltirilgan bo’lsa, 3-sinfda «Latifalar»
mavzusi ostida bir necha
latifalar berilgan. Latifalar ustida ishlaganda ularda tanqid qilingan illatlar haqida
alohida to’xtalib o’tish, o’quvchilarga yaxshi fazilatli bo’lish
kerakligini uqtirib
o’tish kerak. Umuman olganda, latifalar orqali ham o’quvchilarni tarbiyalab borish
lozim.
Dostları ilə paylaş: