O’qish darslarida nutq o`stirish
Ma`lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy
o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini,
g’oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi
mantiqiy usullar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish uslublaridan
foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar,
o’qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o’quvchilar
har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo o’qituvchi ularni asarda qatnashish
tartibida aytishni so’raydi. Natijada o’qituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi
tuziladi. O’qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi.
Shunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish o’quvchilardan ongli
ishlashni, yaoni voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini analiz qilishni talab etadi.
O’qish bilan bog’liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin
murakkablasha boradi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish
vositalaridan biri turli uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq,
339
qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf
o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson,
boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya
mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli, o’quvchilarni hikoyaning detallari
haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga
qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning
xatti-harakati asosiy rolь o’ynaydi. O’quvchilar asar mazmunini unda ishtirok
etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish
yordamida yaxshi anglab yetadilar. O’qituvchining savoli asar qahramonlari nima
qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati qaerda va qanday sharoitda yuz bergani
haqida so’zlab berishga, voqealarni izchil bayon qilinishga va o’zaro bog’liqligini
yoritishga yunaltirilishi lozim.
O’quvchi o’qilgan asar mazmunini o’qituvchi savoli yordamida aytib berishida
faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o’zaro bog’lanadi
(sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va
xulosa chiqariladi.
Ko’pincha boshlang’ich sinf o’quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-
harakatini yaxshi tushunmasliklari, baozan noto’g’ri yoki yuzaki tushunishlari
natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. SHuning uchun ham o’qituvchi
savolni juda o’ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o’ylashga majbur etadigan,
qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog’lanishi yuzasidan
muhokama yuritishga undaydigan, ularni o’zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy
tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bo’lishi lozim. O’quvchi asarda
qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko’z oldiga keltira olsa, u
hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil
qayta hikoya qilib beradi.
O’qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini
tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o’quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo’ladi
va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish
hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o’tiladi, yaoni bolalar hikoya qismlariga sarlavha
340
topadilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o’qilgan
hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratliligi
haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o’ylaydilar. Sarlavha
topish ustida ishlash, o’quvchilar topgan sarlavhani jamoaviy muhokama qilish, reja
tuzish jarayonining o’zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o’z
mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim.
Asarni o’qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja xattaxtaga yozilsa, hikoya
mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya
qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o’zlashtirishdir. Reja asosida
qayta hikoyalash o’qituvchi savoliga javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib
berishning xiyla mustaqil shaklidir.
O’qilgan asar mazmunini o’zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich
qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga
bo’linadigan, bu bo’limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar
tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o’rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o’qituvchi
hikoyaning oldindan belgilab qo’ygan qismini o’qiydi va o’quvchilar bilan
birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o’quvchilar baozan asardagi
so’zlardan foydalanadilar. Bu o’quvchilarga qiyinlik qilsa, bo’limdagi asosiy fikrni
o’z so’zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o’quvchilar o’qituvchi bilan bu
qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar
ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa
qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o’quvchilar asarni qisqartirib
qayta hikoya qiladilar. O’qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga II sinfdan boshlab
o’rgatiladi.
Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o’stirish vositalaridan
biridir. Tanlab hikoyalashda o’quvchi: 1) o’qilgan matndan bir qismini, uning
chegarasini ongli ravishda ajratib so’zlab beradi; 2) hikoyadan faqat bir voqeani
aytib beradi; 3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo’nalishida so’zlab beradi.
O’quvchilarda tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang’ich
sinf izohli o’qish darslarida keng qo’llaniladigan metodik usullar yordam beradi: 1)
341
hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash; 2) hikoyadati bir voqeani
tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash; 3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan
savollarga javob berish.
O’quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o’qilgan matnni tahlil qiladi.
Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o’stiradi va o’qilgan
matn mazmunini o’zlashtirishga yordam beradi.
Hikoyani o’qish bilan bog’liq holda o’tkaziladigan ijodiy ishlar ham
o’quvchilar nutqini, tafakkurini o’stiradi. Bular: 1) ijodiy qayta hikoyalash; 2)
instsenirovka qilish; 3) o’qilgan asarga rasm chizish; 4) hikoyani davom ettirish.
Ijodiy qayta hikoyalashda o’qilgan hikoyaning sharoiti yoki shaklini o’zgartirib
hikoya qilinadi. Bunda hikoyani yangi epizodlar bilan to’ldirib hikoya qilish ham
mumkin.
Instsenirovka yoki sahnalashtirishda o’quvchilar o’qilgan hikoyani sahnabop
qilib o’zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga stsenariy haqida, kostyum,
qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o’ylaydilar, monologik nutqni dialogik
nutqqa aylantiradilar (bu tilni o’rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisob-
lanadi).
O’qilgan hikoyaga rasm chizishda o’quvchi rassomlar tomonidan chizilgan
rasmlardan o’qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o’zi rasm chizadi.
Agar o’quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o’zi chizmoqchi bo’lgan rasmni og’zaki
tasvirlab beradi, yaoni so’z bilan chizadi.
O’qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo’llaniladi. Bu
usul xikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda
qo’llaniladi.
Umuman olganda, boshlang’ich sinf o’qish darslarida ham o’quvchilar nutqi
va tafakkurining rivojlanishiga katta ahamiyat qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |