O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   416
Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari 
STO’ darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini 
shakllantiradi. Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo’linadi: 
1. Tayyorlov bosqichi.
Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. 
Unga darsning bir qismi − 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun “STO’ maolumoti” deb 
yuritiladi. Uning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, o’qituvchi asarni o’zi tanlaydi, 
asarning kichik hajmda bo’lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga eotibor 
beradi. Asarni o’qituvchining o’zi o’qib beradi. O’quvchilar asarni eshitishga
eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan 
sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib berishga 
o’rgatiladi. Bu bosqichda o’quvchilar o’qish gigienasi va kitobga qanday 
munosabatda bo’lish bilan tanishadilar. 
2. Boshlang’ich bosqich.
Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. Bu 
bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o’qishdan oldin 
o’quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha 


352 
qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib muallif va asar nomini yozadilar. Asar 
elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi o’qiydigan 
o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson o’qiladigan 
o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish ham mumkin. Bu ularda o’qishga 
qiziqish uyg’otadi. Bu bosqichda o’quvchilar har xil tezlikda bo’g’inlab o’qiydilar. 
SHuning uchun o’qituvchi bu jarayonda har bir o’quvchiga individual yondashishi, 
kichik kitobxonni kitobni mustaqil o’qishga o’rgata borishi lozim. 
3. Asosiy bosqich.
Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g’ri keladi. Bu davrda 
o’quvchilarning o’qish malakalarni mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning 
sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: 
o’qigan kitoblarining sifat o’zlashtirishiga, miqdoriga, o’qigan kitobiga munosabat 
bildira olishiga eotibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha 
asarlarni o’qib keladilar, ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar, o’qigan 
asarlarini o’zaro taqqoslaydilar.
STO’ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o’quvchilarning 
qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni 
o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, 
boshlang’ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan taominlanadi, 
barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir 
mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o’qishga topshirilishi, 
alьbomlar tayyorlanishi, kinofilьm va diafilьmlardan parchalar ko’rsatilishi, 
musiqiy daqiqalar o’tkazilish hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar 
chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, 
o’rash o’rgatiladi, 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin