351
STO’ darslariniig
muhim vazifalaridan biri mustaqil o’qish malakalarini
tarbiyalash
hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish,
qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi
haqida to’plangan maolumotlarni o’qitish,
“Tez aytish”, “Topishmoqlar topish”,
“Ifodali o’qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, “Ertak to’qish”, “Bilimdonlar
anjumani”
kabi ko’rik-tanlovlar
tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol-
javoblar uyushtirish, o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur.
STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish
STO’ uchun zarur bo’lgan o’qish
malakalarini shakllantiradi, o’qigan asarni
tushunishga o’rgatadi, lug’atni boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga
jalb etadigan
faoliyat bo’lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi.
Sinfda o’qish − hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning
o’zidir.
Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga
mo’ljallangan “Kitobim-oftobim” nomli qo’llanmalar ham chop etilgan.
Dostları ilə paylaş: