O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


“Ertaklar bayrami”, “Ifodali o’qish tanlovi”



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   416
“Ertaklar bayrami”, “Ifodali o’qish tanlovi”
o’tkaziladi. 
Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun 
zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, 
ularning kitob hamda mustaqil o’qishni yaxshi ko’rishlariga erishish juda muhimdir. 
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari 
Ilm-fan, texnika jadal taraqqiy etib borayotgan hozirgi sharoitda inson 
shaxsiyatida ham katta o’zgarishlar, rivojlanish ro’y bermoqdaki, natijada 


353 
kitobxonlar ma’naviyati va ruhiyatini o’rganish murakkablashmoqda. Chunki 
matbuot, radio, televideniya axborotlari tufayli yoshlarning mustaqil fikrlash 
darajasi o’smoqda. Bu esa badiiy asarni targ’ib qilish uslublarining turli shakl va 
uslublaridan foydalanish tufayli tushuncha doirasini aniqlash kerak. Badiiy asarni 
tahlil qilishning shakl va usullarini uzluksiz takomillashtirib borish, o’quvchilarga 
badiiy asarning ta’sir kuchini oshirish yo’llarini ishlab chiqish esa sinfdan tashqari 
o’qishni san’at darajasiga ko’tarishning asosiy shartidir. O’quvchilarda badiiy asarni 
emotsional qabul qilish, kishilar ruhiyatini anglash ehtiyoji tug’ilishi bilan 
adabiyotni o’rganish zaruriyati paydo bo’ladi. Badiiy asarni o’rganish jarayonida 
o’qituvchi o’quvchilardagi ana shu ehtiyojni rivojlantirish orqali ularni san’at 
olamiga yetaklaydi, kichik kitobxonning yoshi bilan darajasini hisobga oladi.
Badiiy adabiyotni idrok etish estetik xuzur-halovat bilan bog’liq. Badiiy 
asardagi bu xususiyat o’quvchida quvonch, xuzur-halovat, estetik qoniqish xissini 
vujudga keltiradi. Bu rohatlanish qanchalar yuqori bo’lsa, badiiy asarda tasvirlangan 
voqealik, ruhiy va ijtimoiy muommolar o’quvchining aqliy va xissiy dunyosini 
rivojlantiradi, nutqini boyitadi, ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stiradi. 
Badiiy asarni to’g’ri tanlay bilish ham asar g’oyasini ta’lim-tarbiya tomonidan 
chuqur o’zlashtirishning muhim omillaridan biri bo’lib, uni tanlashda ma’lum 
mezonlarga asoslanadi. Badiiy asarning g’oyaviy-badiiy qimmati, adib ijodida 
asarning xarakterli o’rni; asarning yaratilgan va o’rganilayotgan davr uchun 
ahamiyati; badiiy asarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyati ; badiiy 
asarning o’quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; o’quvchida qiziqish uyg’otishi; 
o’quvchining ma’naviy qiziqishi, talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan 
iboratdir. Boshlang’ich sinflarni sinfdan tashqari o’qish darslarida jahon adabiyoti 
namunalari bilan bir qatorda o’zbek mumtoz adabiyotini o’rganish muhim 
ahamiyatga ega.
Klassik adabiyot namunalari mazmunida chuqur falsafiylik, farosatlilik 
o’quvchini uzoq o’tmishga sayohat qildiradi, madaniyatimiz tarixi bilan tanishtiradi.


354 
Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan 
adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini 
ishlab chiqishdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal 
qilinadi: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin