357
qisqacha
mazmunini yozib, unga taqriz va o’z mulohazalarini ham qo’shishlari
mumkin.
O’quvchilarning o’qigan kitoblari og’zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular
o’qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yakka
tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining turlari
Sinfdan tashqari o’qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO’ tizimining
bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga
qo’yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to’rtinchidan, o’quvchilarning qiziqishlari bilan
belgilanadi.
1-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi,
boshlang’ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o’quvchilar
o’qiydilar.
Keyingi bosqichlarda asar tahliliga
doir ishlar kengaytiriladi, o’quvchilar
o’qiganlarini taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalashga, qahramonlarni
elementar tavsiflashga o’rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo’lib o’qishdan
foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO’ darslari 2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-
sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. O’quvchilar mustaqil o’qishga o’rgatiladi,
ular “G’uncha”, “Gulxan”
jurnallari bilan, “Tong yulduzi” gazetasi bilan
tanishtiriladi, yaoni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o’zbek,
qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi
asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o’quvchilar bir nechta asarlar o’qib kelib, ular
haqida o’z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm chizadilar. Bu
jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. SHu tarzda
adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qilgan
kitobni muhokama qilish, ijodiy
qayta hikoyalash, intsenirovka qilish, rasmlar chizish, ifodali o’qish, kitoblar tavsiya
qilish usullaridan keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: