360
SHivirlasam giyohga:
Xapriqqancha: − Ey ko’kat,
Nega
keldim dunyoga,
Yashamoq sirin o’rgat?!
Toshni yorgan giyohlar
Sabotdan dars o’qisin.
Oy cho’milgan daryolar
Bolaga she’r to’qisin.
Uchadi bola tomon
SHu sabab mening so’zim:
− Tabiat − jonimda jon,
Tabiat mening uyim.
SHe’r yuzasidan suhbat uyushtiriladi:
− Barakalla, bolajonlar! Juda chiroyli she’r aytdingiz. Xo’sh, she’rdagi asosiy
fikr nima ekan?
− Tabiat shoirning uyi ekan.
− Tabiat sizning uyingiz emasmi? Qani, Tohira, tabiat sening ham uyingmi?
− Tabiat mening ham uyimdir. Men shu tabiat qo’ynida tug’ildim, ulg’aydim.
− Miraziz, tabiat sening ham uyingmi?
− Ha, tabiat mening ham uyimdir. Negaki men ham shu tabiat qo’ynida
yashayman, tabiat qo’ynida o’sgan mevalardan isteomol qilaman.
− Bolalar, hozir o’rtoqlaringiz o’qigan she’rning muallifi nimani kuylayapti?
Nima haqida gapirayapti?
− Tabiat haqida.
− Siz yuqorida o’rtoqlaringiz ishtirokida X. Davronning “Tabiat − mening
uyim” she’rini tingladingiz. SHe’rda nimalar deyilgan ekan?
− SHe’rda shoir “dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig’ini eshitaman,
bulbullarni shod qilsam, o’t bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon
qilsam, xayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat
mening uyimdir”, − deb aytyapti.
(1-o’quvchining javobi)
361
− “Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari, oy va yulduzlari daftarimni
yoritadi. Ona yer zaharlansa, ko’ksim og’riydi. Sen uni asra, mangu qolsin,
o’lmasin, “− deyapti.
(2-o’quvchining javobi)
− Hurmatli, o’quvchilar! Demak, biz tanishgan she’rlarimizda tabiat kuylangan
ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. CHunki biz onamiz va tabiat quchog’ida
yashaymiz. SHuning uchun ham biz uni “Ona tabiat” deb ataymiz. Biz uning
bag’ridagi o’simliklarni,
qushlarni, hayvonlarni, dengizu ko’llarni va boshka
boyliklarni asrashimiz, eozozlashimiz kerak. Tabiat insonga birgina
toza suv, havo,
oziq-ovqat, kiyim-kechakkina emas, sog’lik, aolo kayfiyat ham beradi.
− Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir
va g’alati jonivorlaridan biridir. Qushlar zararkunanda hashorotlarni yeb, kishilarga
foyda keltiradi va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularning sayrashidan olam-olam zavq
olasiz. Masalan, bulbul, saova va boshq. (SHu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi
va “Bahor valsi” kuyi eshittiriladi).
− Hashorotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir.
Kapalaklar o’z chiroyi bilan o’ziga maftun etadilar. Gullar chamani uzra qanot
qoqib, hayot qo’shig’ini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib
ketgan. Buni hamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang. (Rasm
ko’rsatiladi).
− Bizning hayotimizda o’simliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz,
qoqio’t, otquloq kabi ko’katlarning inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir.
− Bolalar bizning hayotimizda yana bir muhim narsa obihayotdir. Biz suvsiz
hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Mana shu suv ham tabiat qo’ynidan inju bo’lib
oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni
saqlamog’imiz darkor. Turmushda kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating...
− Xulosa qilib aytganda, tabiatimizning bundan ham chiroyli, obod bo’lishi siz
bilan bizning qo’limizda ekan.
O’quvchilarning tabiat haqida yod olgan she’rlaridan,
topishmoq va
maqollardan ayttiriladi:
Dengizu daryoda yashar,
362
Asosan ko’klarda kezar.
Zeriksa bormi, osmondan
Zamin uzra qaytib tushar.
(Suv)
Ikki yaproq bir tanda,
Kezar gulzor chamanda.
(Kapalak)
SHu o’rinda shoirlarning tabiat haqidagi har xil kitoblari ko’rgazmasini
uyushtirish ham mumkin.
Uyga vazifa qilib gullar haqida she’rlardan yod olib kelish beriladi.
Keyingi darsda “Gullar aytishuvi” uyushtiriladi.
Dars yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: