376
2. Til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z
vositasida yuzaga
chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha
yashamaydi.
3. Til va tafakkur atrofimizni o’rab olgan moddiy borliqqa nisbatan
ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi. So’z
tushunchaning shartli nomini o’zida aks ettiradi. Dunyoda yo’q narsa ongda ham,
tilda ham bo’lmaydi. Bu holat o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini
tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, yaoni til atrofni o’rab olgan muhitni,
voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o’rganilishini
belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalardan biriga, yaoni
nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan savolga javob tayyorlash
hisoblanadi; materiya −
birlamchi, ong − ikkilamchi degan tushunchadan
o’quvchilarning xabardor bo’lishiga yordam beradi.
4. Til − barcha tomonlari o’zaro dialektik bog’lanishda va birlikda bo’lgan
murakkab, ko’p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning
barcha jihatlari bir-biriga o’zaro ta`sir etadi, shunday sharoitdagina til o’zining aloqa
quroli vazifasini bajara oladi.
Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi,
fonetikasi, leksikasi,
grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini
o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni
murakkab,
rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan
hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini
bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan
qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd
etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa
sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash,
asosiy til hodisalarini va
turlarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi,
o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til
materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta`sir etadi. SHubhasiz,
377
har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha,
ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq ta`siri ijobiy natija beradi.
Tilni ijtimoiy hodisa sifatida tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Tilning
ijtimoiy mohiyati uning aloqa vazifasini bajarishida ko’rinadi
Uning jamiyat
hayotidagi ahamiyatini aniq tushunishga yordam berish uchun quyidagi jihatlarga
ahamiyat berish kerak:
A.o’quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi o’rnini o’quvchilar
o’zlashtirishini taominlash zarur. O’quvchilar tilning aloqa vazifasini tilning asosiy
birliklari (fonema, morfema, so’z, so’z birikmasi, gap)ning vazifasini tushunish
jarayonida o’rganadilar.
b) o’quvchilarning tilning o’zaro aloqa vositasi ekanligini tushunishlari “Til
har
bir kishi, umuman, jamiyat hayotida qanday o’rinni egallaydi?” savoliga javob
topishda ijobiy ta`sir ko’rsatadi. O’quvchilar sinfdan sinfga o’tishi bilan bu
savolga javob chuqurlashib va kengayib boradi. Til kishilarning birgalikdagi mehnat
faoliyatida, yangiliklarni maslahatlashib tushunishida, yangi mashinalar ixtiro
qilishda zarurligi
haqida misollar topib, o’z fikrlarini tasdiqlaydilar. Yoshlari
ulg’aygan sari o’quvchilar odamning odam bo’lishida tilning ahamiyatini tushuna
boradilar. Mehnat va nutq kishini yaratadi, uni hayvonot olamidan ajratadi. Odam
mehnat jarayonida o’zining fikrlash faoliyatini rivojlantirish va nutqini o’stirish
bilan o’zini doimo takomillashtirib boradi. Olamni, koinotni o’zgartira borib, kishi
yanada kamol topa boradi, uning tili ham boyiydi. Kishilar bilan, jamiyat aozolari
bilan aloqa, munosabat, birgalikdagi mehnat har bir kishining o’sishi,
rivojlanishidagi zaruriy shartlardan hisoblanadi.
v) boshlang’ich sinf o’quvchilarining tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini
shakllantirishda tilning kelib chiqishi, tilda yangi so’zlarning paydo bo’lishi haqida
ularniig saviyasiga mos bo’lgan «sir»ni yechish (tushuntirish) ijobiy ta`sir
ko’rsatadi. O’qituvchi o’quvchilarga tilning bir kishi tomonidan maxsus o’ylab
chiqarilmaganini, u ibtidoiy odamlarning mehnat faoliyati bilan bog’liq holda
yaratilganini va asta-sekin rivojlanib borganini tushuntiradi:
Dostları ilə paylaş: