375
-ona tili va nutqni egallash, o`zlashtirishda o`quvchilar duch keladigan
qiyinchiliklarni aniqlay olishi va ularni bartaraf etish yo`llarini bilishi;
-ona tili ta`limining natijalarini hamda o`quvchilar
nutqining rivojlanishini
baholay bilishi;
-ilm bilan amaliyotning dolzarb muammolarini tasavvur qila olishi,
boshlang`ich sinfda ona tili ta`limi sohasidagi pedagogik tajribalarni tahlil qila
olishi va baholay bilishi.
Boshlang`ich
sinfda fonetika, morfemika, grammatika va imlo metodikasi
o`quvchida lingvistik bilim asoslarini va tilning
morfemik va morfologik
birliklaridan, sintaktik qurilishidan o`z maqsadiga mos ravishda og`zaki va yozma
nutqda to`g`ri foydalanish ko`nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Grammatikani o`qitish metodikasi bo`limi boshlang`ich sinfda ona tilining so`z
strukturasini, so`z yasalishida morfemalarning rolini (“So`z tarkibi”), so`zning
grammatik ma`nolarini (“So`z turkumlari”), shuningdek, nutqda so`zlarning boshqa
so`zlar bilan aloqasini (so`z birikmasi va gap) o`rgatish mazmunini belgilaydi, so`z
yasalishi hamda imlo malakalarini, morfologik va sintaktik tushunchalarni
shakllantirish metodlarini o`ganadi.
Dostları ilə paylaş: