“Bizdan juda uzoq
vaqtlar ilgari tilda faqat bir necha o’ngina so’z mavjud edi, kishilar atrofdagi
378
tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari yaratib, nimadir ishlab chiqarganlari sari
tilda yangi so’zlar paydo bo’la boshladi. Atrofimizda mavjud bo’lgan shaxs va
narsalarga, ularning belgilariga, jarayonga, juda ko’p boshqa narsalarga kishilar
nom qo’yganlar. SHunday qilib, til yangi so’zlar bilan boyidi va boyib bormoqda”.
Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma`nolari haqidagi bilimni boshlang’ich
sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe`lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar.
Bu o’rinda «So’zning tarkibi» bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu bo’lim
materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi
haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar. Ma`lumki,
ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi, tilda bor
qoliplar kabi yasaladi:
limon
tipida
limonzor, suvchi
tipida
bo’zchi
kabi. Tilda yangi
so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil asosli so’zlar guruhining hosil
bo’lishiga sabab bo’ladi:
ishli, ishsiz, ishchi
kabi.
Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus
o’rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadigan
hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratpsh muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik
tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun, til
leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos ravishda
jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi.
Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va
o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini
shakllantirishga mos material beradi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning tilni o’zlashtirish jarayonini tekshirish shuni
ko’rsatadiki, tilga ilmiy qarash asoslarini shakllantirish uning muhim
bog’lanishlarini bilishga ham yordam beradi. Xususan, o’quvchilarning so’zning
tovush tomoni bilan uning leksik ma`nosi, so’zning morfemik tarkibi bilan leksik
ma`nosi, so’zning grammatik ma`nosi bilan uning ma`lum so’z turkumiga
tegishliligi o’rtasidagi bog’lanish kabilarni bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi.
Bu bog’lanish tilning fonetik, leksik, so’z yasalishi va grammatik tomonlarining bir-
biriga ta`sir qilishini xarakterlaydigan umumiy bog’lanishlarning xususiy ko’rinishi
379
hisoblanadi. SHuni ta`kidlash kerakki, o’quvchilarning xarakterli bog’lanishlarni
tushuntirishlari tilni egallash nuqtai nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini
shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega.
Tildan bilim berishda o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir.
O’qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni
yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham
bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni
o’rganish natijasida o’quvchilar nutk faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi.
Tilni o’rganishni hayot bilan bog’lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos
yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri bo’lmish
o’quvchilarda to’g’ri kuzatish va o’z fikrlarini og’zaki va yozma shaklda aniq bayon
etish ko’nikmasini o’stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o’qituvchidan
o’quvchilarda dialektik fikrlash ko’nikmasini shakllantirishga alohida eotibor berish
talab etiladi.
Dialektik tafakkur keng ma`noda hodisalarning boshqa hodisalar va
jarayonlarga bog’liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari
yig’indisi bilan rivojlanishda ko’rish ko’nikmasini taoriflaydi. Tafakkurning bunday
sifati o’quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o’z navbatida, ular kuzatish
jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o’rganiladigan hodisalarning ayrim
tomonlari o’zaro bog’liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmasini
egallab boradilar. Keyingi yillarda o’quvchilarning o’quv faoliyati tobora izlanish
xarakteriga ega bo’lmoqda. Tilni o’rganishda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun
ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish
asosida o’quvchilarning o’zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan
til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi.
O’rganiladigan grammatik va so’z yasalishiga oid, leksik tushunchalarning mavjud
belgilarini aniqlash jarayonida faol qatnashish, bilib olingan dalillarni o’xshash va
farqli tomondan qiyoslash, shuningdek, o’rganilgan nazariy bilimlarni har xil nutqiy
faoliyatga ijodiy tatbiq etish − bularning barchasi o’quvchilarda dialektik fikrlash
ko’nikmasini o’stirish uchun zamin va shart-sharoit yaratadi. Bunda muhim
380
omillardan biri o’quvchilarning aqliy faoliyatini o’qituvchi tomonidan maqsadga
muvofiq boshqarish, ularda orfografik, grammatik yoki leksik-uslubiy vazifalarni
hal qilishning umumiy metodlarini shakllantirish hisoblanadi.
Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan
material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g’oyaviy
yo’nalishi va badiiy ifodaliligi o’quvchilarning fikrlash
faoliyatiga, his-tuyg’ulariga
ta`sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan
xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o’quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini
o’stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta`sir
ko’rsatadi. Keyigi yillarda maktab ona tili darsliklari va o’qituvchilar uchun nashr
qilingan qo’llanmalar materiali mazmuniga qo’yilgan talablar anchagina ortdi.
Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati,
leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan
bog’lanishi, matnlarning g’oyaviy-mavzuviy yo’naltirilganligi, kichik yoshdagi
o’quvchilarga mosligidir.
SHunday qilib, tilni o’rganish jarayonida kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy
dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o’qituvchining metodologik yondashuvi,
o’quvchilar o’zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi
bilimlar majmuasi, o’quvchilar o’rganib oladigan bilish usuli, tilni o’rganishga asos
bo’ladigan materialning bilim berishdagi, g’oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal
qiluvchi
ta`sir ko’rsatar ekan.
O’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib,
u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning
barcha tizimida hal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |