Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning
mazmuni va vazifalari
Maktablarda ona tili o’rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi
bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslangan. Bu
vazifalar qo’p qirrali bo’lib, ularni bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga
g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona
385
tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq,
mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish
ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining
o’ziga xos xususiyati bo’lib, o’quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilgan
umumta`lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.
Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush tuzilishi
va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik);
so’zlarning o’zgarishi va gapda so’zlarning bog’lanishi haqidagi (grammatik, yaoni
morfologik va sintaktik); so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalish usullari
haqidagi (so’z yasalishiga doir); so’zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi
(leksikologik); o’zbek tilining to’g’ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining
ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar,
birinchidan, grammatik, fonetik, so’z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan,
grafik, orfografik, punktuatsion qoidalarda namoyon bo’ladi. Bundan tashqari,
o’zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko’nikma va
malakalarni ham o’z ichiga oladi.
Tilni o’rganish jarayonida o’quvchilarda boshqa ko’pgina o’quv predmetlari
uchun umumiy bo’lgan ko’nikmalar (predmetlararo ko’nikmalar)ni hosil qilish
ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko’nikmalarga
analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish),
umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko’nikmalarni
o’quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o’quv
faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat
yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko’nikmalar bilan predmetlararo
ko’nikmalar, bir-biridan ajratilmagan holda o’quv-tarbiyaviy jarayonda
shakllantiriladi.
Beriladigan bilim va o’quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko’nikmalar
maktab dasturlari va davlat ta`lim standartida qayd etilgan.
Boshlang’ich sinflarda o’rganish uchun tilni ongli egallashga va o’quvchilarda
grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo’ladigan bilimlar tanlangan.
386
Fonetika va grafika sohasida o’quvchilar so’zning tovush tarkibini, unli va undosh
tovushlarning o’ziga xos xususiyatlarini, so’zda tovushning ma`noni farqlashdagi
ahamiyatini to’g’ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o’zlashtiradilar,
shuningdek, ularga so’zning tovush va grafik shakli o’rtasidagi nisbat (bog’lanish)ni
ongli aniqlash, so’zni to’g’ri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan
ham so’zni ongli o’zlashtirish, uni to’g’ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga
ega bo’lgan bilimlar tanlangan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari I sinfdan boshlab so’z
turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe`l)ni har xil saviyada o’rganadilar.
Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so’zlarning
bog’lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo’laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So’zning
morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning
ahamiyati va so’zda bir-biriga ta`sirini boshlang’ich sinf o’quvchilari tushunadigan
va so’zlarni to’g’ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo’lgan hajmda ma`lumot
berilgan.
Dasturda “Leksika” bo’limi alohida berilmagan, ammo o’quvchilar
so’zlarning leksik-semantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning
leksik ma`nolari haqida so’z turkumlari va so’z tarkibini o’rganish jarayonida
ma`lumot oladilar.
Boshlang’ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari
o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika,
leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilim beriladi. Kursning
bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro ta`sir etadigan bir butun
hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta`lim
jaryonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini
beradi.
Dasturning “Grammatika, imlo va nutq o’stirish” bo’limi har bir sinfda
quyidagicha qismlarni o’z ichiga oladi: “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”,
“Nutq va matn”, “Bog’lanishli nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga
asoslanib, har to’rt sinfda o’rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1-
2-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o’rganishga katta o’rin beriladi,
387
chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3- sinfda so’zning
morfemik tarkibi va gapni o’rganish muhim hisoblanadi. So’z yasalishiga doir
bilimlar asosida o’quvchilarda so’zning leksik ma`nosiga, undan nutqda
foydalanishga ongli munosabat o’sadi. 4-sinfda so’z turkumlarini o’rganish birinchi
o’ringa qo’yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik
qo’shimchalarini, fe`llarning tuslovchi qo’shimchalarini to’g’ri yozish malakalari
shakllantiriladi).
Bog’lanishli nutq ustida to’rt yil davomida grammatik va orfografik
materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda reja asosida ish olib boriladi.
Ona tili darslarida til hodisalari ma`nosi (semantikasi), qurilishi, vazifasi
jihatidan o’rganiladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni
isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo’ydi. Barcha sohalardagi kabi ta`lim sohasini
isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.
Boshlang’ich ta`lim bo’yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta`lim standarti ham
mustaqillik davridagi tajribalar natijasi sifatida maydonga keldi. U boshlang’ich
ta`lim darsliklari va metodik qo’llanmalarining yangi avlodini yaratishda
dasturulamal vazifasini o’tamoqda.
Boshlang’ich ta`lim Davlat ta`lim standartining “Kirish” qismida
“Boshlang’ich ta`lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy
rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-o’zini anglash
salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq
go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-
odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi”, − deb
alohida ta`kidlangan.
Boshlang’ich ta`lim oldiga qo’yilgan bu kabi talablarni amalga oshirish ta`lim
mazmunini aniq belgilab olishni, o’qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi.
Davlat ta`lim standartida ta`kidlanganidek, “Boshlang’ich ta`lim bosqichida
davlat va jamiyat tomonidan qo’yiladigan talab”da ta`lim sohalari bo’yicha o’zaro
muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la taominlangan bo’lmog’i kerak. SHu
388
jihatdan boshlang’ich ta`lim standartini belgilash ta`lim jarayonining tarkibini va
xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich
ta`lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini
beradi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili ta`limi mazmuni ta`lim mazkur bosqichiga
qo’yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi.
“Ta`lim to’g’risida”gi qonunda
Dostları ilə paylaş: |