391
jihozlarining o`qitiladigan fanlar mazmuniga mosligi, toza havo va boshqalar o`quv
jarayonining samaradorligini ta`minlaydi.
Ona tili darslarining turlari va qurilishi
. Dars turlari uning didaktik
maqsadiga ko’ra belgilanadi, chunonchi:
yangi materialni o’rganish darsi, bilimni
mustahkamlash
darsi,
umumlashtiruvchi-takrorlash
darsi,
bilimlarning
qanchalik o’zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi
va boshq. Har bir dars
turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi
va qurilishi o’rtasida ma`lum bog’lanish mavjud. Muayyan bir darsning didaktik
maqsadi o’rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o’rniga
qarab belgilanadi. O’qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va
o’rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab,
qurilishini belgilaydi.
Dars qurilishida qatoiy andaza bo’lishi mumkin emas. Biroq darsda uy
vazifasini tekshirish, takrorlash, yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, uyga
vazifa berish bosqichlariga rioya qilish tajribada o’zini oqlayapti. SHunga qaramay,
bularga ijodiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan metodik usullariga
asoslangan holda, darsni qaysi bosqich (yangi materialni tushuntirish, mustaqil ishni
bajartirish yoki uy vazifasini tekshirish) dan boshlashni o’qituvchining o’zi hal qilib,
bosqichlar orasidagi ichki bog’lanish, har bir bosqichdagi ishlarning mazmunini
aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. Darsning barcha
bosqichlarini bir jarayonga birlashtirish o’qituvchidan yuksak mahorat talab etadi.
Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilar modul usulida mustaqil ishlashga o’rgatib
borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslarni tashkil etish osonlashadi, chunki
o’quvchilarda bu haqda ko’nikmalar hosil bo’la boradi. O’qituvchi dars davomida
dam olish daqiqalarini ham uyushtirishi kerak.
Quyida yangi pedagogik texnologiya usullaridan biri – modul asosidagi 1
soatlik ona tili darsi namunasini keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: