402
topshiriqlar ham hech qanday yordamsiz yoki namunaga asoslanmagan holda
bajariladi.
Mazkur tasnifning ustunligi shundaki, o`quvchilarning bilish faoliyatini
bosqichma-bosqich faollashtirish nazarda tutilgan hamda unda o`quvchilarning
qobiliyatlarini rivojlantirishga va o`quv faoliyati tarkibida tadqiqotchilik unsurlari
bo`lishi zarurligiga e`tabor berilgan.
Yuqorida berilgan metod tasniflari ta`limning
umumiy qonuniyatlaridan
kelib chiqqan. Ularni boshlang`ich ta`limda o`qish darslarida badiiy matn ustida
ishlashga va ona tilini o`qitishga tadbiq etish mumkin.
Xususiy metodlar, shu jumladan, ona tili o`qitish metodikasi ham o`qitishning
barcha masalalari qatori talim metodlarini tanlashda umumdidaktik sistemaga
asoslansa-da, ammo uning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan metodlari
ham mavjud.
Ona tili o`qitish metodikasida ta`lim metodlari kam o`rganilgan. Metodist
H.Rustamov bilimlarni
olish manbaidan kelib chiqib, ona tili o`qitish metodlarini
quyidagicha tasniflaydi:
1) o`qituvchining bayoni;
2) suhbat;
3) til hodisalarini kuzatish va analiz metodi;
4) grammatik tahlil;
5)
darslik ustida ishlash;
6) ko`rgazmali qurollardan foydalanish;
7) sayohat.
Bu metodlar, birinchidan, qayta xotirlashga asoslangan metodlar bo`lib, ular
o`quvchilarda ijodiy qobiliyatlarini o`stirishga to`la muvofiq kelmaydi. Bu
metodlarda, asosan, o`qituvchi faoliyati nazarda tutilgan; ta`lim
jarayonining
sub`ekti sanalgan o`quvchi e`tibordan chetda qolgan. Mazkur tasnifda o`quvchilarda
izlanuvchanlikni shakllantirishga xizmat qiladigan muammoli bayon, qisman
izlanuvchanlik, tadqiqot (izlanuvchanlik) metodlari tamoman o`z ifodasini
topmagan.
403
Shuningdek, M.Yusupov, Q.
Abdullayeva, K.Qosimova, R. Safarova kabi
metodistlar boshlang`ich ta`lim ona tili darslarida qo`llanadigan metodlar va
ularning tasnifi bo`yicha bir qancha fikr-mulohazalar bildirishgan.
Ma`lumki, dars ikki yoqlama jarayon bo`lib, unda o`qituvchi faoliyati, balki
o`quvchi faoliyati ham asos bo`lib xizmat qilmog`i lozim. Ona tili darslarida
qo`llaniladigan o`qitish metodlari nafaqat bilimlarni
bayon qilish yoki uni
mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o`quvchilarning mustaqil bilim olishini ham
hisobga olishi, ta`lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini
qo`shish orqali ularni ijodiy faoliyatga tayyorlashi lozim. Ana shu nuqtai nazardan
qaraladigan bo`lsa, ta`lim metodlarini ikki katta guruhga ajratish mumkin:
1. O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq metodlar.
2. O`quvchi faoliyati bilan bog`liq metodlar.
O`qituvchi faoliyati bilan bog`liq metodlarni:
1. Bilimlarni tayyor holda bayon etish metodlari.
2. Bilimlarni muammoli yo`l bilan bayon qilish metodlari.
O`quvhchi faoliyati bilan bog`liq metodlar o`z navbatida qayta xotirlash,
qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo`linadi.
Bilimlarni tayyor holda
Dostları ilə paylaş: