O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   416
savol-javob metodi
deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o’qituvchidan 
mavzuning xususiyatini o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik 
mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini 


405 
ajratish, o’xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa 
chiqarishga yo’naltirilgan savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib 
borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining
 muammoli o’qitish metodi
sifatida 
qo’llanilishi ta`limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta`sir ko’rsatadi. 
Muammoli o’qitish metodiga 
amerikalik pedagog va psixolog Dj. D`yun 1894 
yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga 
yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, 
ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining 
topshirig’i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli 
vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal 
etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli 
o’qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni 
o’quvchi hal qila olmasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. SHuning 
uchun boshlang’ich sinfda muammoli o’qitish metodi 
yarim izlanishli metod
deb 
ham yuritiladi.
Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo`l bilan bayon qilish metodi. 
Ma`lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. 
O`quvchi til hodisalarini tayyor holda o`zlashtirmay, o`zi izlansa, aktiv ijodiy 
faoliyat ko`rsatsa, o`zlashtirish jarayoni ancha samarali bo`ladi. Muammoli ta`lim 
ana shunday izlanish va ijodiy faoliyat ko`rsatish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 
Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi 
sifatida xizmat qiladi.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin