407
noma`lum muammoni aniqlashni ularning o`zlariga topshirish mumkin. Masalan,
“Otlarning kelishiklar bilan qo`llanishi” mavzusini o`tishda quyidagi matn va
savol-
topshiriqlar asosida muammoli vaziyat yaratiladi:
Kitob insonning ma’naviy dunyosini boyitadi. Inson hayotida kitobning
ahamiyati katta. Xalqimiz kitobni doim qadrlagan. Kitobga muqaddas buyum
sifatida qaraganlar.CHunki kitobda ko’plab foydali narsalar bayon qilinadi. Biz
ham kitobdan bilmaganlarimizni bilib olamiz.
-Matnni ichingizda o’qing. Otning so’rog’i asosida matnda qatnashgan bir xil
so’zni aniqlang.
-SHu so’zga o’zi bog’langan so’z orqali so’roq bering. Ularni birga o’qing.
(Birinchi aniqlagan o’quvchi doskaga, qolgan o’quvchilar daftariga yozib boradilar.)
Doskada quyidagi birikmalar hosil bo’ladi:
kitob
boyitadi -
kitobning ahamiyati
-ning
kitobni qadrlaganlar -ni
kitobga qaraganlar -ga
kitobda bayon qilinadi -da
kitobdan bilib olamiz -dan
-
Kitob
so’zi keyingi so’zga qaysi qo’shimcha yordamida bog’langan?
O’quvchilar ularning to’g’risiga bog’lovchi vositalarni –
kelishik
qo’shimchalarini yozib boradilar.
-Bu qo’shimchalar qanday qo’shimchalar deb yuritiladi? (3-sinfda
o’rganganlari asosida “Gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydigan qo’shimchalar” deb
aytadilar)
-Bu qo’shimchalar qaysi turkumdagi so’zga qo’shilgan? (ot)
-Otga qo’shilgan bu qo’shimchalarni yana qanday nomlash mumkin?
Oxirgi savol muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi.
2. Til hodisalarini qarama-qarshi qo`yish va taqqoslash asosida muammoli
Dostları ilə paylaş: