404
1. O`qituvchining nutq madaniyatiga e`tiborini kuchaytirish. O`qituvchining
nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart. Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq
o`quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg`otadi.
2. O`quv materialini qat`iy bir reja asosida bayon qilish (qat`iy reja asosida
bayon qilingan fikrlarni o`zlashtirish o`quvchi uchun ancha qulay).
3. Bilimlarni tayyor holda bayon qilish: ishontirish va asoslashni talab etadi.
Ishontirish va asoslash o`rganilayotgan materialga qiziqish uyg`otadi.
Yuqorida
sanalganlardan tashqari, til hodisalarini sharhlash maqsadida
keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo`nalishda bo`lishini
ta`minlash, o`qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan
vositalarni bir-biriga
muvofiqlashtirish o`quvchining faollik darajasini oshiradi.
Bilimlarni
tayyor
holda
bayon
qilishda
o`quvchilar
diqqatini
o`rganilayotgan til hodisasining asosiy tomonlariga jalb qilish, o`rganilgan,
o`rganilayotgan va keyinchalik o`rganiladigan til hodisalari o`rtasida mustahkam
bog`lanishlarni vujudga keltirish ular faoliyatini oshirishda
muhim ahamiyat kasb
etadi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri
bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan
mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini
kuzatib,
tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. Bunda o’qituvchi zimmasiga
o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar
tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich
sinflarda
bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan
holda 3-5 daqiqaga mo’ljallangan. Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir
ham uchraydi.
Suhbat metodi
boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng
qo’llaniladigan va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat
metodi
Dostları ilə paylaş: