398
etishga, foydalaniladigan til materialining g’oyaviy-siyosiy,
estetik va badiiy
qimmatli bo’lishiga, tilni o’rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini
shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy
izlanish muhiti yaratilgan
darslardagina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
Ona tili darslarida o’zbek tiliga muhabbat va so’zga
ehtiyotlik bilan
munosabatni tarbiyalashga alohida eotibor beriladi.
Buning uchun matn puxta
tanlanadi. Tilni o’rganish jarayonida leksik-uslubiy ishlarga kata o’rin beriladi.
Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan ham
foydalaniladi.
Ona tili o’qitish jarayoni o’quvchilarda ilmiy
dunyoqarash asoslarini
shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo’lgan
saranjom-sarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: