O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   416
Umumlashtiruvchi dars namunasi 
Mavzu.
So’z turkumlari (umumlashtirish). 
Darsning maqsadi:
Ot, sifat, son, olmosh va fe`lning xususiyatlari haqidagi 
bilimlarni takomillashtirish, ularni bilib olish va to’g’ri foydalanish ko’nikmasini 
o’stirish. 
DARSNING BORISHI: 
I. Lug’at ishi. 
– Quyidagilarni bir so’z bilan yozing: 
1. Eng aziz inson (ona) 
2. Jamoa bo’lib muzeyga borish (ekskursiya) 
3. Katta shaharlarda yer osti qasri (metro) 
4. Bilim manbai (kitob) 
– Endi quyidagi so’zlarni yozing:
non, suv, uy, ...
SHu so’zlarni oldingi so’zlaringiz bilan taqqoslang. Ulardan qaysi biri oldin 
paydo bo’lgan? Nima uchun shunday deb hisoblaysiz? 
II. So’z turkumlari va ularning belgilarini kuzatish. 
– So’zlar qanday paydo bo’ladi? 
– Odamlar yangi narsa ixtiro qilsa, unga nom qo’yadilar. SHu tariqa tilda yangi 
nom hosil bo’ladi.
– 
Har bir narsaning nomi bo’lmasa, odamlar bir-biri bilan qanday aloqa 
qilishlarini o’ylang va javob bering. 
– Agar narsalarning nomi bo’lmasa, odamlarning bir-biriga biron narsani 
tushuntirib berishlari juda qiyin bo’lardi. Bunda o’sha narsaning o’zini yoki rasmini 


397 
ko’rsatish lozim bo’lardi. Narsalarning nomini bildirgan so’zlar odamlarning 
muloqotga kirishishiga juda katta yordam beradi.
– So’zlar faqat shaxs va narsalarning nomini bildiradimi? 
– Yo’q. Ular narsalarning belgisini, harakatini va son-sanog’ini ham bildiradi. 
– Tilimizdagi barcha so’zlar guruhi grammatikada qanday nomlangan? 
– “So’z turkumlari” deb nomlangan. 
– Siz o’rgangan so’z turkumlarini ayting. 
– Ot, sifat, son, olmosh, fe`l. 
– Ularning xususiyatlarini eslang va quyidagi jadvalni to’ldiring. 
So’z turkumi 
Nimani bildiradi? 
Qanday so’roqqa 
javob bo’ladi? 
Qanday 
o’zgaradi? 
Ot 
Sifat 
Son 
Olmosh 
Fe`l 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin