O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   416
II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga 
yo’naltirilganligi juda muhim.
Yangi material o’rgatiladigan darsning mazmuni 
va mantiqi o’rganiladigan til hodisasi hamda uning lingvistik mohiyatining bir-
biriga ta`sir qilishiga ma`lum darajada sabab bo’ladi. O’qituvchi bu o’zaro 
bog’lanishni bilishi va uni o’quvchilar bilan birga topshiriqlarni bajarish davomida 
asta ocha borishi muhimdir. 
Agar dars grammatik bilimlarni mustahkamlash, orfografik ko’nikmalarni 
shakllantirish maqsadini o’z oldiga qo’ysa, darsning mantiqiy shartlari asta 
murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini aks ettiradi. Bolalar biror imlo 
qoidasini yaxshilab bilib, o’rganib olishlari uchun bir-ikki mashq jamoaviy ravishda 
bajariladi. O’quvchilar mustaqilligi oshgach, mashqni mustaqil ishlaydilar. Darsda 
bajarilgan mashqlar o’rtasidagi bog’lanishni shakllantiradigan ko’nikmaning 
xususiyati ham sabab bo’ladi. O’quv materialining mavzuga va darsning maqsadiga 
mos bo’lishi uning maqsadga yo’naltirilishini taominlaydi. Darsda foydalaniladigan 
barcha o’quv materiallari (shu jumladan, til dalillarini kuzatish, imlo va nutqqa oid 
mashqlarnn bajarish uchun tanlanadigai materiallar ham) darsning maqsadiga juda 
mos bo’lishi zarur. 


399 
III. Ona tili darsi, avvalo, o’quvchilar nutq va tafakkurini o’stirish 
darsidir.
Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo’lishi uchun o’quvchilarda o’z fikrini 
grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish 
ko’nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o’stirish 
ko’rsatmasi grammatik materialni o’rgatishda o’quvchilarning tilimizdagi har bir 
so’z turkumi yoki so’z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik 
usullarni qo’llashni talab etadi, yaoni grammatik nazariya grammatik to’g’ri va aniq 
nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o’stirishga 
amalda tatbiq etish uchun o’rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o’stirish darsning 
mazmunida va qo’llannilgan vazifalar turlarida o’z aksini topadi. 
Grammatik, so’z yasalishiga oid, imloviy materiallarni o’rganishni nutq 
o’stirish bilan bog’lash o’quvchilar aqliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Bolalar 
nutqini o’stirish jarayoni ularning tafakkurini o’stirish bilan bog’liq. 
Ona tili darsi o’quvchilar taffakurini o’stirish ustida ishlash maqsadiga 
yo’naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan grammatik va imloviy 
materialni o’rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o’zlashtirishni 
taьminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o’tkazish tushuniladi. 
Masalan, “Asosdosh so’zlar” tushunchasini shakllantirish uchun so’zlarning leksik 
maьnosi va morfemik tarkibini taqqoslashni (ularning ma`nolarida umumiylikni va 
ularda bir xil asosning mavjudligini) bilish lozim. O’quvchilar tafakkurini o’stirish 
uchun o’qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa turlarini tanlaydi, darsning 
materialini va uni o’zlashtirishda o’quvchilar bajaradigan aqliy faoliyat mashqlarini 
ham belgilab oladi. 
O’quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydalanish imkonini 
beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo’lsa ham, o’quvchilarning 
til hodisalari o’rtasidagi bog’lanishni bilib olishiga eotibor berish demakdir. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bunday bog’lanishni bilsalar, 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin