O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Plyonkaga yozilgan til materiallari, ayniqsa, o`quvchilarning jamoa



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   416
Plyonkaga yozilgan til materiallari, ayniqsa, o`quvchilarning jamoa 
bo`lib ishlashini tashkil etishda alohida o`rin egallaydi.
Ularning barchasi 
berilgan materialni kuzatib yoki o`qib, bu haqda birgalikda fikrlash, umumlashma 
hosil qilish imkoniyatiga ega.
Ona tili mashg`ulotlarida, ayniqsa, ovozni yozib olish vositalari muhim 
ahamiyat kasb etadi
.
O`quvchi bu vosita orqali nutqni diqqat bilan tinglaydi, eslab 
qolishga harakat qiladi va u yuzasidan berilgan topshiriqlarni mustaqil bajaradi. 


413 
Ayniqsa, “Nutq va matn” mavzusida bir mavzudagi ikki xil nutq yoki matn o`qib 
esgittirilsa, o`quvchi ularni bir-biriga taqqoslaydi, ularning o`xshash va farqli
tomonlarini aniqlaydi. O`zining nutqiga e`tiborli bo`lishga harakat qiladi. Nutqni 
tinglash orqali adabiy talaffuz meyorlarini o`zlashtiradi, ifodali o`qish san`atini 
o`rgananadi.

Darslik materialiga yordamchi vosita sifatida turli jadvallardan, rasmli 


albomlar va tarqatma materiallardan, diapozitiv va diafilmlardan ham unumli 
foydalaniladi
.
Jadvallar darslik materialini puxta va ongli o`zlashtirishga ko`maklashadi. 
Ayniqsa, so`zlarni guruhlashda jadvallar ancha qo`l keladi. “Otlarning kelishik 
qo`shimchalari bilan qo`llanishi” jadvali mavzuni o`rganishda va jadval asosida 4-
sinf ona tili darsligidagi mashqlarni bajarishda o`quvchilarga yordam beradi.
Darslik materialini to`ldirishga xizmat qiladigan yana bir vosita rasmli albomlar 
va rasmli tarqatma materiallardir. Rasmlar o`quvchilarning ijodiy fikrlashini 
rivojlantirish, o`rganilayotgan til hodisasini amalda qo`llab matnlar yaratish, tasvir, 
rivoya, muhokama matnlar yaratishda muhim o`rin egallaydi, boshlang`ich sinf 
o`quvchilarning yoshi, hayotiy tajribasi ko`rgazmalilikni taqozo etadi. Ona tili 
mashg`ulotlarida foydalaniladigan rasmlar yuksak badiiyligi, o`rganilayotgan 
mavzu talabiga mosligi, sinfo`quvchilarining yoshi va bilim saviyasiga muvofiqligi, 
rasmda rassom maqsadining ifodalanganligi, nutq o`stirishga xizmat qilish darajasi 
kabilarga mos kelishi lozim.
Rasmlardan so`z tanlashda, so`z birikmalari va gaplar qurishda, ijodiy 
diktantlar yozishda, og`zaki va yozma matnlar tuzishda, insho o`tkazishda keng 
foydalaniladi.
Rasmli tarqatma materiallar ham darsning muhim vositalaridan biridir. Bu 
vosita darsni o`quvchilarning saviyasiga qarab tabaqalashtirishda, har bir 
o`quvchining imkoniyatidan kelib chiqib topshiriq berishda, bolaning mustaqil 
ijodiy faoliyat ko`rsatishini ta`minlashda muhim o`rin egallaydi. Rasmli tarqatma 
materiallardan o`quvchilarning so`z boyligini oshirish, berilgan so`zga ma`nodosh, 
uyadosh va qarama-qarshi ma`noli so`zlar tanlashda, o`quvchilarning ijodiy 


414 
fikrlashini tashkil etishda (bitta rasmga bir nechta sarlavha topish, sarlavha talabidan 
kelib chiqib, har xil reja tuzish, nutq sharoitiga mos ravishda fikrni bayon qilish) 
foydalaniladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin