O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan asosiy metodlarni



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   416
4. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan asosiy metodlarni 
belgilang.
A.Bayon qilish va mustaqil ish metodi 
B) Suhbat metodi, yarim izlanishli metod 
C) Induktsiya va deduktsiya metodi 
D) Barcha javoblar to’g’ri 
5. Qaysi metod orqali o’quvchi tayyor qoida – taorif bilan tanishadi va uning 
mohiyatini til dalillari asosida ochadi? 
A.induktsiya metodida
B) deduktsiya metodida 
C) analiz-sintez metodida 
D) mustaqil ish metodida 
FONETIKA VA GRAFIKA ASOSLARINI O’RGANISH
METODIKASI 
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida 
fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: A.fonetik bilimga asoslangan holda 
I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) 
fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli 
bo’g’inni ajratish, orfoepik meoyorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik 
bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator 
imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish 
uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik 
urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush 


416 
tomonini bilish uning ma`nosini tushunish va nutqda ongli qo’llash uchun 
muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás
 
so’zlari maьnosidagi farq faqat urg’u orqali 
ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur qilish so’zlarni talaffuzda farqlash
ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va qo’llash uchun zarur. 
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda 
so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda 
ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. 
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik
ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, 
jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz 
undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga ega 
bo’ladilar. 
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy 
o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga 
bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf 
o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir 
tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga 
muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy 
mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-biriga 
ta`siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi. 
I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki 
o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi 
sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin