O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   416
 
Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning 
xususiyatlari bilan tanishtirish 
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga taorif 
berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur amaliy 
mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarniig 
talaffuzi hamda so’zning leksik ma`nosi so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi 


417 
ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, 
aka, uka, opa, ona, ota, kul, gul, qora, qara 
kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil lug’aviy ma`noni 
ifodalaydi. 
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. 
Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini bilib 
oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, yaoni so’zni 
bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush 
tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat 
beriladi. 
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib
qoldirmay yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, 
so’zni to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod 
o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida 
so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab 
borish zarur. 
Ma`lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: 
unli tovushlar 
va
 
undosh tovushlar.
Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari 
hisobga olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz 
bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz 
bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh 
tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, baozan shovqin va qisman ovoz 
eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh 
tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi). 
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-
sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda nutq 
aozolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday 
kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni 


418 
o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta o’zlashtirishga 
imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirish vazifasini ham 
bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha belgilarini taqqoslashga, 
umumlashtirishga o’rganadilar. 
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar 
bilan ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim: 
A.tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar. 
Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan, 
maktab 
so’zidagi 
b
harfi 

tovushini, 
maktabim 
so’zidagi 

harfi 

tovushini 
ifodalaydi);
2)
jo’ja, jajji 
so’zlaridagi 

tovushi (jarangli, portlovchi) ham, 
jurnal, vijdon 
so’zlaridagi 

tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta 

harfi bilan ifodalanadi;
3)
tong, keng 
so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush 
(ng) 
ikki harf 
birikmasi 
(ng)
bilan ifodalanadi; 
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy). 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin