O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


“Hayvonlarga qo’yilgan nomning bosh



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   416
“Hayvonlarga qo’yilgan nomning bosh 
harf bilan yozilishi”
mavzusini tushuntirish uchun o’quvchilarga 
“Kim qanday uy 
hayvonlarini boqadi? Ularga o’zingiz nom qo’yganmisiz? Qanday nom 
qo’ygansiz?”
kabi savollarni beradi. O’quvchilar tartib bilan o’zlari boqayotgan 
hayvonlari va unga qo’ygan nomlarini aytadilar 
(mushuk – Mosh, kuchuk – Olapar, 
sigir – Targ’il, ot – Lochin kabi)
; o’qituvchi ikki ustun shaklida xattaxtaga yozib 
boradi. O’qituvchi 
«Ikki ustun shaklida yozilgan so’zlarni o’qing, ularni taqqoslang. 
Ularning yozilishida qanday farq bor? Nima uchun? Isbotlang»
topshirig’ini beradi. 
Bu savol-topshiriqlar xarakteri bolalarni o’ylashga, izlanishga majbur qiladi. Ular 


430 
birinchi ustundagi so’zlar kichik harf bilan, ikkinchi ustundagilar esa katta (bosh) 
harf bilan yozilganini aytadilar, ammo nima uchun shunday yozilganini isbotlashga 
ularning bilimlari yetishmaydi. SHunday qilib, muammoli vaziyat yaratiladi. 
O’quvchilar yangi materialni o’rganish zarurligini sezadilar. Bu metodda eng 
muhim jihat muammoli vaziyat yaratish, til hodisalarini tahlil qilish, o’zaro 
taqqoslash omillarini bajarish bilan bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish 
hisoblanadi. Suhbat-muhokama jarayonida muammoni o’qituvchi rahbarligida 
o’quvchilarning o’zlari hal
 
qilishlari yoki o’qituvchi tomonidan hal qilinishi ham 
mumkin. 
Muhokamaning borishi bilimlar asosida topshiriqlarni faol bajarishni, faol 
aqliy faoliyatni talab qiladi. 
II. O’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabatni o’stirish ustida 
maqsadga yo’naltirilgan ishlar. 
O’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabat 
nazariy bilimlarni o’zlashtirish, mavhum tafakkurni o’stirish jarayonida 
shakllantiriladi va tilning semantik hamda grammatik tomonining bir-biriga ta`sirini 
anglashni bildiradi. 
O’quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo’lgan 
so’z, morfema, so’z birikmasi, gapga lingvistik munosabatni parallel shakllantirish 
bilan birga ongli o’zlashtiradilar. So’zga lingvistik munosabat so’zni tovush-harf 
tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni o’rtasidagi bog’lanishini 
aniqlash, so’zni morfemik tahlil qilish va so’zga leksik ma`no berishda 
morfemaning o’rnini tushunish; so’zni grammatik tahlil qilish va shu so’zning 
muayyan so’z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik belgilari o’zaro 
bog’liqligini tushunish ko’nikmasining shakllanishiga qarab o’sib boradi. 
Lingvistik munosabat o’quvchilarda asta-sekin shakllantirib boriladi, ularda 
bilish, tushunib olish saviyasi ham har xil bo’lishi mumkin. Masalan, II sinf 
o’quvchilari gapdagi so’z birikmalarini topadilar, ammo u so’z birikmasidagi so’zlar 
o’zaro qanday, yaoni nimalar yordamida bog’langanini tushuntira olmaydilar. IV 
sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmasini topadilar va so’z birikmasi tarkibidagi 
so’zlar o’zaro so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar (kelishik, shaxs-son qo’shimchalari) 


431 
yoki ohang yordamida bog’langanini tushuntiradilar, yaoni bog’lanish grammatik 
vositalar bilan ifodalanishini ko’rsatadilar. Bu so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning 
bog’lanish mohiyatini elementar darajada tushunish bo’lib, uni yuqori sinflarda 
chuqurroq (so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning bog’lanish turlari, bosh va ergash 
so’zning xususiyatlarini) tushunadilar. 
O’qituvchi o’quvchilarda so’zga, so’z birikmasi va gapga lingvistik 
munosabatni ta`lim jarayonida maqsadga muvofiq o’stirib boradi, xususan, 
o’rganiladigan kategoriyani o’quvchi tushunib olishiga g’amxo’rlik qiladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin