O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


etilsa, bu qanday mashq turiga kiradi?



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   416
etilsa, bu qanday mashq turiga kiradi? 
A.analitik mashq 
B. sintetik mashq 
C. leksik-morfologik mashq 
D. sintaktik mashq 
 
BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI 
O’RGANISH METODIKASI 
So’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishi ustida
ishlashning ta`limiy ahamiyati va vazifalari
So’zning leksik ma`nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til 
haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega. 
Morfema – so’zning eng kichik, bo’linmaydigan ma`noli qismi. Morfema ikki 
turga bo’linadi:
1. Asos morfema
– so’zda albatta qatnashadigan va leksik ma`no anglatadigan 
morfema. 
2. Affiksal morfema
– mustaqil holda leksik ma`no anglatmay, so’zning leksik 
va grammatik ma`nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, 
gullarni, gulla 
so’zlaridagi 
gul – 
asos morfema, 
-lar, -ni, -la 
affiksal morfemadir. 
Affikslar (qo’shimchalar) ikki turga bo’linadi:
1. So’z yasovchi qo’shimchalar.
Ular so’zning leksik ma`nosini shakllantirish 
uchun xizmat qiladi. Masalan, 
bog’bon, paxtakor, gulzor, ishchi 
so’zlaridagi 
-bon, -
kor, -zor, -chi 
so’z yasovchi affikslardir.


444 
2. Shakl yasovchi qo’shimchalar.
Bu qo’shimchalar so’zlarni grammatik 
jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma`nolarni ifodalaydi. Masalan, 
maktablarimizni 
so’zida 
-lar, -imiz, -ni 
shakl yasovchi qo’shimchalar bo’lib, 
-lar 
ko’plik ma`nosini, 
-imiz 
egalikning I shaxs ko’plik ma`nosini, 
-ni 
tushum kelishigi
ma`nosini ifodalaydi. 
Morfemalarning qo’shilishi bir-biriga ta`sir qiladi, bundan tashqari, ko’pgina 
asos va so’z yasovchi qo’shimchalar ko’p ma`noli. SHunga qaramay, ko’p
so’zlarning leksik ma`nosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu 
maqsadda so’zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to’g’ri keladi. 
O’quvchilar so’zning morfemik tarkibini va so’z yasalishini o’rganishlariga 
qarab, so’zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama 
so’zlarning leksik ma`nosini so’zlarning semantik o’xshashligiga qarab bilib 
oladilar. 
So’zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos 
ravishda o’qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1. So’zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o’quvchilar so’zning leksik 
ma`nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o’qituvchining 
vazifasi o’quvchilar so’zlarning leksik ma`nosi va morfemik tarkibi bir-biriga 
bog’liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning 
lug’atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi. 
2. So’z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o’quvchilarning tilimizning 
yangi so’zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir. 
Yangi so’z tilda mavjud bo’lgan morfemalardan, ma`lum usul va modellar asosida 
vujudga keladi (yasaladi). So’z yasalishini kuzatish o’quvchilarda so’zga faol 
munosabatni shakllantirishga ijobiy ta`sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini 
tushunishga olib keladi. 
3. So’z yasalishi asoslari bilan tanishish o’quvchilar lug’atini atrof-muhit 
haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar 
haqidagi tushunchalar so’z bilan ifodalanadi. So’zlar o’rtasidagi ma`no va tuzilish 
jihatidan bog’lanishni belgilash o’zaro munosabatda bo’lgan tushunchalar 


445 
o’rtasidagi bog’lanishga tayanadi (masalan, 
traktor v

traktorchi 
so’zlari o’zaro 
munosabatda bo’lgan tushunchalar, shu tufayli ma`no va tuzilishiga ko’ra 
bog’langan). O’quvchilar so’zlarning ma`no va tuzilishiga ko’ra o’zaro 
munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo’lgan predmetlar, 
jarayonlar, voqealar o’rtasidagi bog’lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar. 
4. So’zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo’shimchalarning 
semantik ma`nosini bilish o’quvchilarda nutqning aniq
 
shakllanishiga ta`sir etadi. 
O’qituvchining vazifasi o’quvchilarning so’zning leksik ma`nosini tushunibgina 
qolmay, kontekstda aniq qo’shimchali so’zlardan ongli foydalanishlarini ham 
o’rgatish hisoblanadi. 
5. So’zning morfemik tarkibini o’rganish imloviy malakalarni shakllantirishda 
ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o’zbek imlosining yetakchi 
tamoyili bo’lib, bunga binoan so’zlar va ularning tarkibiy qismi (asos va 
qo’shimchalar) ko’proq talaffuziga muvofiq yoziladi. Asos va qo’shimchalarni 
to’g’ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so’z yasalishiga oid, 
grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. SHuning uchun 
so’zning morfemik tarkibini o’rganishning muhim vazifalaridan biri asos va 
qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo’lgan bilim 
va ko’nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. 
6. So’zning morfemik tarkibini o’rganish o’quvchilarning aqliy qobiliyatini 
o’stirishda, xususan, til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish uchun zarur bo’lgan 
maxsus aqliy ko’nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O’qituvchining 
vazifasi ta`lim jarayonida bilimni o’zlashtirish bilan o’quvchilarda aqliy faoliyatni 
o’stiradigan, analiz, taqqoslash ko’nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish 
hisoblanadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin