Ot:
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi.
Sifat:
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan bog’langanligi.
Fe’l.
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Bo’lishli yoki bo’lishsiz ekanligi.
438
Og’zaki tahlil namunasi:
Mevali daraxtlar gulladi. Mevali –
sifat, qanday –
mevali; daraxtlar
oti bilan bog’langan:
mevali daraxtlar; daraxtlar –
ot, nimalar?
–
daraxtlar,
ko’plikda;
gulladi
– fe’l, nima qildi? – gulladi, bo’lishli.
IV
sinfda o’rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz
to’ldiriladi va quyidagi tartibda o’tkaziladi:
Ot:
1. So’z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi.
4. Egalik qo’shimchasi, uning shaxs-soni. 5. Kelishigi6. Ot yasovchi qo`shimchasi.
Sifat:
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan
bog’langanligi. 4. Sifat
yasovchi qo`shimchasi.
Son:
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan bog’langanligi.
Olmosh:
Kishilik olmoshi: 1. So’z turkumi.
2. So’rog’i. 3. Shaxs-soni.
4. Kelishigi.
Fe’l:
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Bo’lishli
yoki
bo’lishsiz ekanligi.
4. Shaxs-soni. 5. Zamoni. 6. Fe`l yasovchi qo`shimchasi.
“So`zlarning so`z turkumlari bo`yicha tahlil tartibi” jadvali sinfga ilib
qo`yiladi.
So’z turkumiga ko’ra tahlil og’zaki va yozma tarzda o’tkaziladi: uni mustaqil
ish sifatida topshirish ham mumkin. To’liq bo’lmagan morfologik tahlildan darsning
yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham
tashkil qilinadi.
Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o’zbek tilida so’z qanday ma`noli
qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil 3- sinfdan boshlanadi. Bu
sinfda o’quvchilarga asosdosh so’zlar, asos asosdosh so’zlarning umumiy qismi
ekani, so’z yasovchi qo’shimchalar va gapda so`zlarni bir-biriga bog`lovchi (shakl
yasovchi) qo’shimchalar haqida elementar ma`lumot beriladi.
So’zning tarkibiga ko’ra tahlil quyidagicha tashkil qilinadi:
1. So’zga so’roq berish va u nimani anglatishini izohlash.
2. So`zning asosini aniqlash. So’zga asosdosh so’zlar tanlash. Asosdosh
so’zlarni taqqoslash va umumiy qismini (asosni) tegishlicha belgilash.
439
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlash va hosil bo`lgan so`zning ma`nosini
izohlash orqali so`z yasovchi qo`shimchaning vazifasini izohlash.
4. Gapda so`zlarni bog`laydigan ( shakl yasovchi) qo`shimchalarni aniqlash va
uning yangi ma`nodagi so`zni hosil qilmasligini izohlash. Gapda bir so`zni boshqa
so’zga bog’lashini (gapni amaliy birikmalarga ajratib) asoslash.
3- sinfda “So’zning tarkibi” mavzusi to’liq o’rganilgach,
gulzor
tarzidagi
so’zni so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo’ladi:
1. Qaysi so’z turkumi ekanini bilaman.
Gulzor
so’zi
nima?
so’rog’iga javob
bo’ladi, narsani bildiradi, bu – ot.
2. Asosni aniqlayman. Buning uchun asosdosh so’zlar tanlayman:
gulzor, gulli,
gulsiz, gulla.
Ularni taqqoslab, umumiy qismini topaman –
gul.
Bu – asos.
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman,
gulzor
so’zi
gul
so’ziga
–zor
so’z
yasovchi qo’shimchasini qo’shish
bilan yasalgan.
4.
Bu so’zda so’zlarni bir-biriga bog`laydigan qo’shimcha yo’q.
So’z tarkibiga ko’ra tahlildan so’ng shunday ko’rinish hosil bo’ladi:
gulzor.
4- sinfda
paxtakorga
so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil qilish tartibi
quyidagicha:
1.
Paxtakorga
– ot.
2. Asosni aniqlayman. Buning uchun asosdosh so’zlar tanlayman:
paxtakor,
paxtazor.
Taqqoslayman. Umumiy qism –
paxta.
Bu – asos.
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman:
paxtakor
so’zi
paxta
so’ziga
-kor
so’z yasovchi qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan.
4. So’zlarni bir-biriga bog`laydigan (shakl yasovchi) qo’shimchalarni
aniqlayman:
-ga
qo`shimchasi – so’zlarni bir-biriga bog`lagan, kelishik
qo’shimchasi.
4- sinfda
ishladim
so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil tartibi:
1.
Ishladim
– fe’l.
2. Asosni aniqlayman. Asosdosh so’zlar tanlayman:
ishla, ishli, ishsiz,
ishchan.
Taqqoslayman. Umumiy qism –
ish.
Ish
– asos.
440
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman:
ishla
fe’li
ish
so’ziga
-la
qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan.
-la –
fe’l yasovchi qo’shimcha.
4. So’zlarni bir-biriga bog`lovchi (shakl yasovchi) qo’shimchani aniqlayman:
-di
– o’tgan zamon qo’shimchasi,
-m –
shaxs-son qo’shimchasi, I shaxs, birlik:
ishladim.
So’zni tarkibiga ko’ra tahlilni mustaqil ish sifatida tashkil qilish ham mumkin.
So’zni morfologik tahlil qilish uning lug’aviy ma`nosini tushunishda, morfemalarni
to’g’ri yozishda o’quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir.
Boshlang’ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so’zni
tovush-harf tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi
so’zda tovushlarning tartibini, ularning xususiyatlarini, tovushlar va harflar
o’rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:
1. So’zda nechta bo’g’in bor?
2. So’zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan
kam yoki ko’p bo’lsa, sababini aytish)
3. Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi?
4. Har bir tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan?
Masalan,
kitob
so’zi quyidagicha tahlil qilinadi:
1. So’zda ikki bo’g’in bor:
ki-tób.
2. So’zda beshta tovush, beshta harf bor.
3. So’zda ikkita unli tovush, uchta undosh tovush bor.
4. k
–
undosh, jarangsiz undosh tovush, k harfi bilan ifodalangan.
i
–
unli tovush,
i harfi bilan ifodalangan.
t
– undosh tovush, jarangsiz undosh tovush, yozuvda t
harfi bilan ifodalangan
o
–
unli tovush, o
harfi bilan ifodalangan.
b
–
undosh tovush, jarangli undosh tovush, b harfi bilan ifodalangan.
So`zning tovush-harf tahlilidan so’zning yozilishini tushuntirishda ham,
orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rgatish maqsadida ham foydalaniladi. Masalan,
maktab
441
so’zi oxirida
b
undoshi
p
tarzida talaffuz qilinadi, jufti bor undosh, tekshiramiz:
maktabim – maktab, b
harfi yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |