434
o’rganilayotgan hodisa aniq va lo’nda berilgan, nutqiy
vazifasi va grammatik
xususiyati ravshan ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bu ichki ko’rgazmalilik
o’quvchilarga tushuncha belgilarini mavhumlashtirish, o’rganilayotgan hodisani
biror tomondan o’xshashi bo’lgan boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi.
Masalan, asosdosh so’zlarni o’rganishda tarkibida bir necha asosdosh so’z bo’lgan
matndan foydalanish maqsadga muvofiq: 1.
Maktabimiz hovlisida katta
gulzor
bor.
Unga har xil
gul
ekilgan.
Gullarni gulchi
o’quvchilar parvarish qiladilar.
2.
Rahimning otasi zavodda
ishlaydi
. U ilg’or
ishchi
. Rahimning
o’zi –
ishchan
bola.
Bu ikki matnda uchtadan asosdosh so’z bo’lib, ularning ikki muhim
belgisi (bir xil
umumiy qismga egaligi va ma`nolaridagi o’xshashlik)ni
hisobga olgan holda,
asosdosh so’zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug’iladi. Bundan tashqari,
o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida asosdosh so’zni shu so’zlarning bir shakli
bo’lgan so’z
(gullarni)
bilan taqqoslab, asosdosh so’zlar bilan so’z shakli o’rtasidagi
farq haqida elementar tushunchaga ega bo’ladilar.
Tushunchaning
mohiyatini
ochishga
qaratilgan
vazifalarning
o’zi
o’quvchilarni ularni bajarishga undashi, majbur etishi lozim.
Bu bilan tushuncha
ko’rgazmaliligi taominlanadi. Masalan, gapnnng uyushiq bo’laklari tushunchasining
mohiyatini ochishda ikki-uch gapdan bitta gap tuzish vazifasini berish maqsadga
muvofiq. Masalan,
Bahorda biz qaldirg’ochlarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz
maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug’urchuqlarni quvonib kutib
olamiz. – Bahorda biz qaldirg’ochlarni, maynalarni, chug’urchuqlarni quvonib
kutib olamiz.
Gaplar gap bo’laklari jihatidan tahlil qilinadi; o’quvchilar uchala gapda
takrorlangan so’zlarni
aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o’rniga bitta
gapdan foydalanishlarini tushunadilar. SHunday qilib, ular uch gapdan bitta gap
tuzadilar, uni gap bo’laklariga ko’ra
tahlil qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu
vazifalarni bajarish bilan o’quvchilar ko’rgazmali xulosa chiqaradilar: bir kesimga
bir necha ikkinchi darajali bo’lak bog’lanishi va ular bir xil so’roqqa (nimalarni?)
javob bo’lishi mumkin; bir bo’lakka qarashli va bir xil so’roqqa javob bo’lgan
bunday so’zlar
gapning uyushiq bo’laklari
deyiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda
435
foydalanilgan ko’rgazmalilik o’rganilayotgan til hodisalarining belgilarini ajratishga
qaratilgan, yaoni ko’rgazmalilikdan tushunchani taoriflashdan oldin foydalanilgan.
Darsda foydalanish uchun ko’rgazma material tanlashda o’qituvchi qo’yilgan
maqsadga ko’ra o’quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko’z oldiga keltirishi kerak.
Bir ko’rgazma materialdan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan,
predmet yoki uning rasmidan so’zning leksik ma`nosini tushuntirishda ham,
grammatik tushunchani shakllantirishda ham foydalanish mumkin. O’quvchilarni
sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun o’qituvchi berilgan predmetni
tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi. O’quvchilar har qanday
predmetni tasvirlash uchun o’z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu – tabiiy.
O’qituvchi
“Predmetni tasvirlashda siz qaysi so’zlardan foydalandingiz? Nima
maqsadda?”
kabi savollar berib, bolalar diqqatini o’rganiladigan grammatik
tushunchaning (bu o’rinda sifatning) belgilariga qaratadi. O’quvchilar predmetni
tasvirlash uchun qaysi sifatlardan bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida
foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda ko’rgazmali material nutqda grammatik
tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida foydalaniladi va o’quvchilar aniq
materialdan umumlashtirishga o’tadilar.
Tushunchani shakllantirishni uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi.
Bu ko’rgazmalardan ko’proq tushuncha belgilari ajratilgandan so’ng
mavhumlashgan belgilarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog’lanishni
aniqlash
maqsadida foydalaniladi.
SHunday qilib, grammatik tushunchani o’zlashtirishga yordam beradigan
asosiy metodik shartlar o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi
bilim olish uchun qiziqtirish, o’quvchilarning
nutqiy tajribasiga tayanish,
bilimlarning tizimliligi, o’quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni
shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: