O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


III. Yangi tushunchani ilgari o’rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   416
III. Yangi tushunchani ilgari o’rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish
tushunchani o’zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim sharti 
hisoblanadi. Tushunchalar orasida bog’lanishni vujudga keltirish, amalga oshirish 
o’quvchilarning o’zbek tilidan egallaydigan bilimlar tizimiga hamda tildan ongli 
foydalanishiga poydevor bo’ladi. Tushunchalar orasidagi bog’lanishni bilib olish 
amaliy (grammatik, orfografik, nutqiy) vazifalarni hal qilishda nazariy bilimlarni 
ko’proq tatbiq etishga imkon beradi. 
Tushunchalar orasidagi bog’lanishni aniqlamay, ularni bilimlar tizimiga 
kiritmay turib, o’quvchilar tilni ongli o’zlashtira olmaydilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’zlashtiradigan asosiy bog’lanish yo’llari 
quyidagilar: 
1. So’zga beriladigan morfologik so’roqlar va ularning grammatik belgilari 
(kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’z shaxs va narsani bildiradi → birlik va 
ko’plikda qo’llanadi →
 
egalik qo’shimchalari bilan o’zgaradi → 
 
kelishiklar bilan 
turlanadi; qanday?, qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’z shaxs va narsaning 
belgisini bildiradi → o’zgarmaydi; necha?, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lgan 
so’z shaxs va narsaning soni va tartibini bildiradi → asosan, o’zgarmaydi; nima 
qildi?
 
nima
 
qilyapti?, nima qiladi? so’rog’iga javob bo’lgan so’z predmet harakatini 
bildiradi → bo’lishli yoki bo’lishsiz shaklda qo’llanadi → shaxs-son qo’shimchalari 
bilan tuslanadi → o’tgan, hozirgi va kelasi zamondan birini ko’rsatadi). 


432 
2. So’z turkumi – gap bo’lagi bo’ladi (ot gapda ega yoki ikkinchi darajali 
bo’lak, sifat – ikkinchi darajali bo’lak, son – asosan, ikkinchi darajali bo’lak, fe’l – 
kesim vazifasida keladi). 
3. Bosh kelishikdagi ot – ega, boshqa kelishiklardagi otlar – ikkinchi darajali 
bo’lak bo’ladi. 
4. Kishilik olmoshlari fe’llarda shaxsni ifodalaydi (agar fe’l 
men 
yoki 
biz 
olmoshlari bilan qo’llansa, I shaxs, 
sen 
yoki 
siz 
olmoshlari bilan qo’llansa, II shaxs 
ifodalanadi). 
5. Umumiy asos va asosdosh so’zlarning ma`nosidagi umumiylik (asosning 
umumiyligi asosdosh so’zlarning ma`nosidagi o’xshashlikka sabab bo’ladi). 
6. So’zning leksik ma`nosi va uning morfemik tarkibi (so’zning morfemik 
tarkibi o’zgarsa, ko’proq uning leksik ma`nosi o’zgaradi: 
gul – gulchi, guldon, gulla 
kabi). 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin