446
Avvalo, til materialini o’rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur.
Til materialini o’rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va
o’zaro bog’lanishdagi bilimlar yig’indisini o’zlashtirishni taominlaydigan maqsadga
qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko’nikmalarni
shakllantirish
tushuniladi. So’zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so’z yasalishiga oid
va grammatik bilimlarni o’zlashtirish: A.dastur materialini o’rganish tizimida
so’zning morfemik tarkibini o’rganishning o’rni bilan; 2) “asos”, “asosdosh so’z”,
“so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi qo’shimcha”
tushunchalari ustida
ishlashdagi izchillik bilan; 3) so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishining o’zaro
bir-biriga ta`sir qilishi bilan; 4) morfemalarni to’g’ri
yozish malakasini
shakllantirish ustida ishlash bilan bog’liqligini belgilab beradi.
Mavzuni o’rganish jarayoni to’rt bosqich ajratiladi:
Birinchi bosqich
– so’z yasalishini o’rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu
bosqichning vazifasi – o’quvchilarni bir xil asosli so’zlarning ma`no va tuzilishiga
ko’ra bog’lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo’yilishiga sabab,
birinchidan, so’zning ma`no va tuzilishi jihatidan bog’lanishini tushunish, o’zining
lingvistik mohiyatiga ko’ra, bir xil asosli so’zlarni va so’z yasalishini
o’zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga asos bo’lgan
so’zlar bir-biri bilan ma`no va tuzilishi jihatidan bog’lanadi:
ish – ishchi, g’alla –
g’allakor.
Ikkinchidan, o’quvchilar bir xil asosli so’zlarni va morfemalarni
o’rganishda qiyinchiliklarga duch keladilar: ular bir xil asosli so’zlarnnng
ma`nolaridagi umumiylikni
tushunishda qiynaladilar, chunki ularda mavhum
tafakkur hali yetarli rivojlanmagan bo’ladi; asos, so’z yasovchi va shakl yasovchi
qo’shimchalarning vazifalarini o’zlashtirishda ularga bir xil asosli so’zlarning
ma`no va tuzilishi jihatidan o’xshashligi va farqini
aniqlash anchagina qiyinlik
qiladi. SHuning uchun so’zning morfemik tarkibini maxsus o’rganishdan oldin
uning ma`no va tarkibiga ko’ra yaqinligi kuzatiladi.
1- sinfda kuzatish o’rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so’zlarning
ma`nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog’lanadi. 1- sinfda
kim?, nima?
So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni o’rganish jarayonida o’qituvchi va
447
o’quvchilarning
“Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?”
savoliga
birgalikda javob topishi ularni bir xil asosli so’zlar o’rtasidagi
munosabatni
tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga
javob topish bilan o’quvchilar
“Nega so’zlar asosdosh hisoblanadi?”, “Bir
so’zdan boshqa so’z qanday hosil bo’ldi?”
savollariga javob berishga
tayyorlanadilar.
Tilda juda ko’p so’zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi. SHuning uchun
o’quvchilar bilan nega shaxs yoki narsa shunday nomlanganini aniqlashdan asta-
sekin tildagi bir so’z bilan ikkinchi so’z o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga o’tish
mumkin. Masalan,
“Nega kishilar paxta ko’p ekilgan joyni paxtazor
Dostları ilə paylaş: