O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   416
(paxta – 
paxtazor)
, daraxt ko’p ekilgan joyni daraxtzor 
(daraxt – daraxtzor)
deb 
nomlashgan?”, “Nega kishilar bir uyni g’ishtli 
(g’isht – g’ishtli)
, boshqasini 
sinchli
 
deyishadi?”
O’quvchilar predmet yoki predmet belgisining nomlanish sababini 
aniqlashdan so’zlarning ma`nosi va tarkibidagi umumiylikni topishga o’rganadilar. 
Bularning hammasi o’quvchilarni bir xil asosli so’zlarning yasalishi mohiyatini 
tushunishga tayyorlaydi; ular bir so’z boshqa so’zdan o’zaro ma`no jihatdan 
bog’lanishi asosida yasalishini, o’z navbatida, shu so’z bilan nomlangan 
tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishga asoslanishini tushuna boshlaydilar. 
O’quvchilar so’zning yangi so’z hosil qilishga yordam beradigan qismini bilib olgan 
sari ularda so’z yasalishi haqidagi tasavvur chuqurlasha boradi. 
Ikkinchi bosqich
– bir xil asosli so’zlarning xususiyatlari va barcha 
morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o’quv vazifasi – 
so’zlarning ma`noli qismlari sifatida asos, so’z yasovchi va shakl yasovchi 
qo’shimchalar bilan tanishtirish, “asosdosh so’zlar” tushunchasini shakllantirish, bir 
xil asosli so’zlarda asosning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi. 
“Asosdosh so’zlar” tushunchasini shakllantirish ularning ikki muhim belgisini, 
yaoni mazmuniy umumiylikni (ma`nosida qandaydir umumiylik borligini) va 
tuzilishiga ko’ra umumiylikni (umumiy asos mavjudligini) o’zlashtirish bilan 
bog’lanadi. SHuning uchun bu belgilarni o’quvchilar o’zlashtirishiga ta`lim 


448 
jarayonida sharoit yaratish lozim. Bu o’quvchilarda bir xil asosli so’zlarning 
lug’aviy ma`nolari bilan morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash 
ko’nikmasini rivojlantiradi. Masalan, o’quvchilar 
gul, gulzor, gulli 
(ko’ylak), 
gulladi 
so’zlarini taqqoslaydilar, bu to’rt so’z ma`nosiga ko’ra o’xshashligini va bir 
xil umumiy qismga ega ekanini, shuning uchun bularni bitta asosdosh so’zlar 
guruhiga kiritish mumkinligini aniqlaydilar. 
Bir xil asosli so’zlarning ma`nolaridagi umumiylik asosning umumiyligi 
tufayli vujudga keladi, ularni bir guruhga birlashtiradi; qo’shimchalar esa so’zning 
ma`nosiga o’ziga xos ma`no qo’shadi; ularni bir-biridan farqlaydi. Bir xil asosli 
so’zlar ustida bunday ishlash usuli o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, 
ular diqqatini so’zning umumiylikka asoslangan aniq belgilariga jalb qilish imkonini 
beradi. Masalan, o’qituvchi 
kombayn
rasmini ko’rsatadi va 
«Kombaynni 
boshqaradigan kishi nima deb nomlanadi?»
savolini beradi. Javob xattaxtaga 
yoziladi: 
kombayn – kombaynchi. 
Tushunchalarni taqqoslab kuzatish quyidagi aniq 
til materialini yaratish imkonini beradi, uni tahlil qilish jarayonida bir xil asosli 
so’zlarning xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi: Avval so’zlarni ma`no va 
tarkibiga ko’ra taqqoslash asosida “asosdosh so’zlar” atamasi beriladi, keyin 
asosdosh so’zlarning umumiy qismi asos deyilishi, asosdosh so’zlarni, boshqacha 
qilib, bir xil asosli so’zlar (yaoni asosdosh so’zlar) deb nomlanishi ham 
tushuntiriladi. 
O’quvchilarda bir xil asosli so’zlarni ikki muhim belgisiga ko’ra aniqlash 
ko’nikmasini o’stirish uchun asosdosh so’zlar yaqin ma`noli – sinonim so’zlar bilan, 
shakli o’xshash bo’lgan so’zlar bilan taqqoslanadi. Masalan, o’quvchilar 
baxtli –
baxtsiz 
asosdosh so’zlari bilan 
baxtli 
– 
saodatli 
sinonim so’zlarini taqqoslab, 
asosdosh so’zlar ham, sinonim so’zlar ham yaqin ma`no bildirishini (o’xshash 
tomonini), asosdosh so’zlarda umumiy qism 
(baxt) 
mavjud bo’lib, sinonim so’zlarda 
bunday umumiy qism yo’qligini (farqli tomonini) aniqlaydilar, ular 
bog’ – bog’bon
asosdosh so’zlari bilan 
suv – suva 
so’zlarini taqqoslab, quyidagi xulosaga keladilar: 
bog’ – bog’bon 
asosdosh so’zlar hisoblanadi, chunki bular yaqin ma`noli va 
umumiy qismi bor; 
suv 
– 
suva 
so’zlari shakli tomonidangina o’xshaydi, ammo 


449 
butunlay boshqa ma`noni bildiradi. Bunday mashqlar o’quvchilarni asosdosh 
so’zlarni yaqin ma`noli sinonim so’zlardan, bir-biriga o’xshash bo’lgan so’zlardan 
farqlashga o’rgatadi. 
Bir xil asosli so’zlar turli so’z turkumiga oid bo’ladi. SHuning uchun bir xil 
asosli so’zlarni o’rganishning bu bosqichida o’quvchilar diqqati asosdosh so’zlar 
shaxs, narsa, uning harakati va belgisini bildirishiga qaratiladi. SHu maqsadda turli 
so’z turkumiga oid bir xil asosli so’zlar mavjud bo’lgan matnni tahlil qilib, asosdosh 
so’zlarni aniqlash, shuningdek, 
kim?, nima?, qanday?, nima qiladi?
so’roqlariga 
javob bo’ladigan bir xil asosli so’zlar tanlash mashqlaridan foydalanish yaxshi natija 
beradi. Bunda so’zlarni ma`nosi va tarkibiga ko’ra taqqoslab, o’xshash va farqli 
tomonlarini aniqlash shart. O’quvchilar u yoki bu so’z nima uchun asosdosh ekanini 
isbotlaganlarida, ularning ikki muhim belgisini aytsinlar. Masalan, 
gul, gulladi, 
gulli, guldor, gulzor 
asosdosh so’zlar hisoblanadi, chunki bularda umumiy qism – 
gul 
mavjud, bu so’zlar yaqin ma`noni bildiryapti. 
Bir xil asosli so’zlarni o’rganish jarayonida o’quvchilar asosning har vaqt bir 
xil yozilishini kuzatadilar. Bunday kuzatish asosda jufti bor jarangli va jarangsiz 
undoshlar bo’lgan so’zlarni anglab, to’g’ri yozishga asos bo’ladi. 
Bir xil asosli so’zlar bilan tanishish jarayonida o’quvchilarda so’zning ma`noli 
qismi bo’lgan morfemalar (asos, so’z yasovchi, shakl yasovchilar) haqida 
boshlang’ich tasavvur hosil bo’ladi. Buning uchun so’z yasashga oid vazifa 
topshirish maqsadga muvofiq. Bu vazifani bajarishda o’quvchilar morfemalardan 
foydalanib bir xil asosli so’zlar guruhini hosil qiladilar va morfemalarning o’rni 
hamda vazifasi haqida tasavvur hosil qiladilar. Masalan, o’qituvchi 
gul 
so’zini 
yozish va unga gul ko’p ekilgan joyni bildiradigan asosdosh so’z tanlashni 
topshiradi. O’quvchilar 
gul, gulzor 
so’zlarini yozadilar. 
Gulzor 
so’zini hosil qilish 
uchun 
-zor 
qismi qo’shilgani aniqlanadi. O’qituvchi 
“Gul parvarish qilish bilan 
shug’ullanadigan kishini nima deb nomlaymiz?”
savolini beradi. O’quvchilar 
gulchi 
so’zini aytadilar; bu so’z 
gul
so’ziga 
-chi 
qismini qo’shish bilan hosil 
qilingani (yasalgani) aniqlanadi. So’zlardagi 
-zor, -chi 
qismlarining ahamiyatini 


450 
taqqoslash asosida boshlang’ich bilimlar umumlashtiriladi, 
so’z yasovchi 
qo’shimcha 
atamasi beriladi.
 
Shakl yasovchi qo’shimcha bilan elementar tanishtirish uchun 
daftar 
va 
daftarlar 
so’zlarini ma`no va shakl tomondan taqqoslash topshiriladi. Suhbat 
asosida o’quvchilar ma`noning o’zgarmaganini, shakli o’zgarganini (
-lar 
qo’shilganini) aniqlaydilar. 
Ta`limning bu bosqichida o’quvchilarning morfema haqidagi bilimlari yetarli 
emas, ularni bu tushunchalar bilan amaliy mashqlarni bajarish jarayonida endigina 
tanishtirilyapti. Shuning uchun o’qituvchi tarkibi va yasalish usuli o’quvchilarning 
yosh xususiyatiga mos bo’lgan so’zlarni tanlaydi, bu so’zlarni analiz va sintez 
qilishni boshqaradi, so’zlarning leksik ma`nosi bilan morfemik tarkibi o’rtasidagi 
bog’lanishni o’quvchilarning bilib olishlariga doimiy g’amxo’rlik qiladi.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin