453
turlanishi, fe’llarda shaxs-son, zamonni (IV sinf) o’rganishlari bilan bog’liq holda
ularning shakl yasovchi qo’shimcha haqidagi bilimlari asta-sekin chuqurlashtirila
boriladi.
O’quvchilarda gapda so’zlar shakl yasovchi qo’shimcha yordamida bog’lanishi
haqidagi dastlabki tasavvur mashqlarni bajarish jarayonida hosil qilinadi. Masalan,
gapning mazmuniga mos ravishda ajratib berilgan so’zning shaklini so’roqlardan
foydalanib o’zgartirish va u so’z gapdagi qaysi so’z bilan bog’langanini aniqlash
so’raladi:
O’quvchi
(nimani?)
kitob... sevadi. U
(nimadan?)
kitob... yaxshi
foydalanadi?
O’quvchilar o’qituvchi
rahbarligida
“So’zning shaklini nima uchun
o’zgartirishga to’g’ri keldi? So’z shaklini o’zgartirish bilan nimaga erishildi?”
savollariga javob beradilar.
O’quvchilar shakl yasovchi qo’shimchalarning
sintaktik vazifasini gapda
so’zlarning bog’lanishi va so’z birikmasini o’zlashtirish jarayonida o’zlashtiradilar.
O’quvchilarning so’zlarning bog’lanishi haqidagi bilimi elementar xarakterda bo’lsa
ham, ularning so’z birikmasidagi so’zlar ma`no va grammatik jihatdan shakl
yasovchi qo’shimchalar yordamida bog’lanishini tushunishiga erishiladi.
O’quvchilar ot va kishilik olmoshlarining kelishik qo’shimchalari bilan turlanishini
o’rganganlaridan so’ng gapda ma`no va grammatik jihatdan o’zaro bog’langan
so’zlarni ajrata olish va nimalar yordamida bog’langanini
tushuntirish
ko’nikmalariga ega bo’lishlari mumkin, so’ngra shakl yasovchi qo’shimchalarning
sintaktik vazifasini o’zlashtira boshlaydilar.
O’quvchilar har bir morfemaning vazifasini boshqa morfemalar bilan qiyoslab
ko’rsatish talab qilingan vazifani bajarish jarayonida shakl yasovchi qo’shimchaning
o’ziga xos xususiyatini yaxshi o’zlashtiradilar. Masalan, asosdosh so’zlar tanlash
vazifasini bajarish davomida so’z yasash
uchun qanday morfemalardan
foydalanilgani, so’z yasovchi qo’shimcha tufayli so’zning ma`nosi qanday
o’zgargani aniqlanadi. SHundan so’ng o’quvchilarga “Otni shunday o’zgartiringki,
u birlikni emas, ko’plikni bildirsin” topshirig’i beriladi. Bolalar bu vazifani bajarib,
otga shakl yasovchi ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda, so’zning leksik ma`nosi
o’zgarmaganini, faqat shakli o’zgarganini, ko’plik bildirganini aytadilar. So’z
454
yasovchi qo’shimcha bilan shakl yasovchi qo’shimchalarni
taqqoslash orqali
o’quvchilar shakl yasovchi qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi o’rnini
yaqqol ko’radilar.
Dostları ilə paylaş: