O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


– Olma  daraxti ko’p joy  (Olmazor) – Paxta ye



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   416
– Olma 
daraxti ko’p joy 
(Olmazor)
– Paxta ye
tishtirish bilan shug’ullanadigan kishi 
(Paxtakor)
– Bog’
yaratadigan va uni parvarish qiladigan kishi 
(Bog’bon) 
– 
Traktor
bilan ish bajaradigan kishi 
(Traktorchi) 
– 
Gul
solib qo’yiladigan idish 
(Guldon)
O’quvchilar o’qituvchi yordamida shu so’z qaysi so’zdan va qanday 
qo’shimcha yordamida yasalganini aniqlaydilar. 
3. Har xil so’z turkumiga kiradigan asosdosh so’zlardan qatnashtirib gap tuzish. 
4. So’z yasashga doir vazifalar: 
– 
Oq, ish 
so’zlaridan 
-la, -chi 
qo’shimchalari yordamida yangi so’zlar yasang. 
Berilgan va siz yasagan so’zlar qaysi so’z turkumiga kirishini ayting va fikringizni 
asoslang. 
– Ish, paxta, suv 
otlaridan asosdosh otlar yasang. So’zlarni tarkibiga ko’ra tahlil 
qiling. Yangi ot hosil qilish uchun siz so’zning qaysi qismidan foydalandingiz? 
– CHiz, o’r 
fe’llaridan asosdosh otlar yasang. Otlarni so’z tarkibiga ko’ra tahlil 
qiling. Fe’ldan ot yasash uchun qanday qo’shimchalardan foydalandingiz? 


456 
Bu vazifalar o’quvchilardan so’z yasalishi xususiyatlariga, so’zlarning 
morfemik tarkibiga eotibor berishni talab etadi va so’zning morfemik tarkibi shu 
so’zning muayyan
 
bir so’z turkumiga
 
oid ekani bilan bog’liqligini aniqlashga 
qaratiladi. Boshlang’ich sinflarda u yoki bu so’z turkumining yasalishini kuzatish 
propedevtik xarakterda bo’ladi, uning natijasi mashqning mavzuni o’zlashtirish 
maqsadiga qaratilishi, darsda faol va individual ishlarni to’g’ri uyushtirish, 
foydalanilgan 
leksik 
materialning 
o’quvchilar saviyasiga mosligi va 
ko’rgazmalilikka bog’liq. 
O’qituvchi o’quvchilarning biror morfemani qay darajada o’zlashtirganini 
ularning morfemik tarkibi bolalar saviyasiga mos so’zlardagi morfemalarni ajratish 
ko’nikmasiga, asos va shakl yasovchi qo’shimchadan yo asos va so’z yasovchidan, 
yoki asos, so’z yasovchi va shakl yasovchidan tuzilgan so’zlarni mustaqil tanlay 
bilishiga, so’zdagi morfemalarning rolini so’z bilan tushuntirish ko’nikmasiga, 
gapda so’z yasovchi qo’shimchali so’zlarni to’g’ri ishlatish ko’nikmasiga qarab 
aniqlaydi. 
Quyidagicha savol va topshiriqlarni bajarish asosida o’quvchilar so’zning 
morfemik tarkibini qanday o’zlashtirganini aniqlash mumkin: 
I. Savollarga javob berish:
1. So’zda qaysi qism eng asosiy hisoblanadi? Nima uchun?
2. So’z yasovchi qo’shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol bilan 
isbotlang.
3. So’zda shakl yasovchi qo’shimcha nima uchun xizmat qiladi? Isbotlang. 
II. Ikki so’zning ma`nosi va tarkibini taqqoslash. Buning uchun o’quvchilar 
asos va so’z yasovchi qo’shimchalarning semantik ahamiyatini qanchalik 
tushunganini aniqlashga imkon beradigan so’zlar tanlanadi 
(ishladi 
va 
boshladi, 
paxtakor 
va 
paxtazor).
III. So’zlarni taqqoslab, asosdosh yoki asosdosh emasligini isbotlash 
(tuz, 
tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzladi)
.
 Qaysi qism ularni asosdosh qilyapti? Qaysi qism har 
xil ma`noli so’z hosil qilyapti?
kabi savollarga javob berish. 


457 
IV. 
Bog’bon, o’roq, bog’ni, ishchidan 
so’zlarini tarkibiga ko’ra tahlil qilish. 1) 
asos va so’z yasovchi qo’shimchadan, 2) asos va shakl yasovchi qo’shimchadan, 3) 
asos va so’z yasovchi, shakl yasovchi qo’shimchalardan tuzilgan so’zlar tanlash. 
V. Tayanch so’zlar asosida o’qituvchi tavsiya etgan mavzuga oid kichik hikoya 
tuzish. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinflarda so’zning morfemik tarkibi va 
so’z yasalishini o’rgatish o’quvchilarning har bir so’zga ongli munosabatda 
bo’lishlarini taominlaydi, so’z tarkibi va uning yasalishi haqidagi dastlabki
tushunchalarni shakllantiradi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin