O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Grammatik tushunchalarning samarali o’zlashishini ta`minlaydigan



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   416
Grammatik tushunchalarning samarali o’zlashishini ta`minlaydigan 
metodik shartlar 
I. O’quvchilar aqliy faoliyatini faollashtirish.
Bilimni o’zlashtirishning 
natijasi ma`lum darajada o’qitish metodlariga bog’liqdir. Bayon metodi asosan 
o’quvchilarning eslab qolishiga mo’ljallanadi va ularning bilish faoliyatini 
faollashtira olmaydi, shuning uchun kutilgan natijani bermaydi. Maktab tajribasini 


429 
ommalashtirish va olimlar (L. V. Zankov, Yu. N. Babanskiy, V. P. Strezikozin va 
boshq.)ning maxsus tekshirishlari ko’rsatishicha, izlanish metodlari (boshlang’ich 
sinflarda qisman izlanish metodi) ko’proq samarali hisoblanadi. Grammatik 
tushunchani shakllantirishda izlanish vaziyati o’qituvchi bergan vazifa va uni jamoa 
bo’lib bajarish vaqtida yaratiladi. Izlanish vaziyati o’quvchilarni yangilikni bilishga 
qiziqtiradi va vazifani bajarish usulini mustaqil ravishda ijodiy tanlashga undaydi. 
Masalan, o’quvchilarni so’z yasovchi qo’shimchalar bilan tanishtirishda o’qituvchi 
xattaxtaga 
gul 
– 
gulchi, g’alla – g’allakor, traktor – traktorchi 
kabi so’zlarni ikki 
ustun tarzida yozadi. O’quvchilarga 
“Ikki ustun shaklida yozilgan so’zlarni 
kuzating, ma`nolaridagi farqini o’ylab ko’ring, shu so’zlarning ma`nosini 
farqlashga xizmat qilayotgan qismini toping”
topshirig’i beriladi. Birgalikda 
o’tkazilgan muhokamadan so’ng o’quvchilar quyidagicha xulosaga keladilar:
– 
“Gul”
so’zi o’simlikning bir turini, 
“gulchi”
esa gullarni parvarish qiluvchi 
kishi ma`nosini bildiradi; 
“g’alla”
– o’simlik, 
“g’allakor”
– g’alla yetishtiruvchi 
kishi; 
“traktor”
so’zi qishloq xo’jalik mashinasini, 
“traktorchi”
esa traktorda 
ishlovchi kishi ma`nosini bildiradi. So’zning -
chi, -kor
qismi ikki so’zning 
ma`nosini farqlashga xizmat qiladi; 
-chi, -kor
alohida kelganda ma`no anglatmaydi, 
bular qo’shimcha; so’zga qo’shilganda ishlovchi, shug’ullanuvchi kishi ma`nosini 
anglatyapti, yaoni yangi ma`noli so’z hosil bo’lyapti; demak, 
-chi, -kor
so’z 
yasovchi qo’shimcha. 
Muammoli vaziyatni orfografik mavzu bilan tanishtirish jarayonida ham 
yaratish mumkin. Masalan, o’qituvchi 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin