O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   416
ma`no, sunoiy 
kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish 
va ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, 
katta, ikki
kabi 
ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri 
oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo’g’inga o’tishi (
kat-ta, ik-ki
kabi) 
o’quvchilarga 2-sinfdayoq o’rgatiladi
32
.
 
GRAMMATIKA VA SO’Z YaSALISHIGA OID TUSHUNCHALARNI 
SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI 
Boshlang’ich sinflarda morfologiyadan “ot”, “sifat”, “son”, “fe`l”, “olmosh” 
tushunchalarini; siktaksisdan “gap”, “ega”,
“kesim”, “ikkinchi darajali bo’lak”, 
“uyushiq bo’lak”, “undalma” kabi tushunchalarni; so’z yasalishidan “asos”, 
“qo’shimcha”, “asosdosh so’zlar” kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib 
boriladi. 
O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o’quvchilar 
aqliy faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib 
olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o’zlashtirish qanday sharoitda 
natijaliroq bo’lishini ko’z oldiga aniq keltirishi lozim. 
32
Бошланғич таълим бўйича янгича таҳрирдаги ўқув дастури. //“Бошланғич таълим”, 
2005.– № 5. 26-бет 


423 
Grammatik tushunchalarning mohiyati.
Ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar 
Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va 
o’zaro aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko’rsatadi.
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning 
muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o’ziga xos 
xususiyati, yaoni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning o’ziga 
xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa 
hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni 
shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish mumkin 
bo’lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib olinadi. Grammatik 
tushunchalar esa so’z, so’z birikmasi, gap, morfema, leksema, fonema va 
boshqalarning o’ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish natijasi 
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan grammatik 
tushunchaga asos bo’lgan dastlabki materialning o’zi yetarli darajada mavhumdir. 
Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana umumlashtirilgani 
hisoblanadi. 
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o’quvchilarda tushuncha 
juda ko’p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish uchun
mavhum tafakkur ma`lum darajada rivojlangan bo’lishi lozim. Mavhum tafakkur 
ta`lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu mashqlar 
muayyan aqliy ko’nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar yig’indisini 
shakllantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ko’pgina ruhshunos olimlarning 
tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish jarayoni ta-
fakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish amallarini 
bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O’quvchilarda tushunchani shakllantirishning 
natijasi ularning mavhumlashtirish faoliyatining qay darajada o’sganligiga bog’liq. 
Mavhumlashtirishda qiynaladigan o’quvchilar so’zlarni taqqoslay olmaydilar 
va ularning muhim grammatik belgilariga ko’ra bir guruhga birlashtira olmaydilar, 
tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo’l qo’yadilar. Masalan, fe`l 


424 
o’rganilganda o’quvchilar fe`l predmetning harakatini bildirishini bilib oladilar. 
Yurmoq, o’qimoq, olmoq 
kabi fe`llarda leksik ma`no grammatik ma`noga mos 
keladi. Ko’p fe`llarda bunday moslik bo’lmaydi. Grammatikada predmet harakati 
deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning boshqa predmetlarga 
munosabati, predmet belgisining o’zgarishi kabilar ham tushuniladi: 
uxlamoq, 
o’ylamoq, sevmoq, o’smoq, ko’karmoq 
va hokazo. Predmet harakatini bunday keng 
ma`noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni o’rgana boshlagan 
o’quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko’proq yurish, siljish ma`nosida aniq 
tasavvur qiladilar. SHuning uchun fe`lni o’rganishning boshlang’ich bosqichida 
yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq 
kabi so’zlarni predmet harakatini bildiradi 
deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni o’rganishda ham uchratish mumkin. 
Ayrim o’quvchilar 
tinchlik, qahramonlik, qadam 
kabi so’zlarni ot turkumiga 
kiritmaydilar. Tushunchani shakllantirish uchun o’quvchilarda mavhumlashtirish 
ko’nikmasini o’stirish, ular diqqatini so’zning aniq leksik ma`nosidan grammatik 
ma`nosiga qaratish va shu guruhdagi so’zlarga oid umumiy, grammatik belgilarni 
hisobga olgan holda, ularni bir guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m? 
yoki n i m a? so’rog’iga javob bo’ladigan barcha so’zlar “ot” turkumiga birlashadi; 
predmet bildirish, son (birlik va ko’plikda kelish), egalik qo’shimchalari bilan 
o’zgarish, kelishiklar bilan turlanish bu so’zlar uchun umumiy grammatik belgilar 
hisoblanadi. Tushunchani shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta`lim berish 
jarayonida qator metodik talablarga rioya qilinadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin