436
hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo’llashni esa maqsadga muvofiq va
muntazam o’rgatib borish talab etiladi.
Mashqlar tizimi tushunchani o’zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga
mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o’quvchilar
mustaqilligi o’sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni
bajarish izchilligini
aniqlashni ko’zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o’zaro bog’lanishiga asoslangan.
Mashq turlari.
Grammatik mashqlar turli asosga ko’ra tasnif qilinadi, shuning
uchun mashqning har xil turi hosil bo’ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga
asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo’linadi:
1)
morfologik mashqlar
(bunga leksik-morfologik mashqlar ham kiradi);
2)
sintaktik mashqlar
.
Agar o’quvchilar faoliyatining xarakteri, yaoni mashq jarayonida o’quvchilar
bajaradigan aqliy omillar
xarakteri asos qilib olinsa, mashqlar
analitik, sintetik,
taqqoslashga,
guruhlashga, umumlashtirishga oid
mashqlarga bo’linadi.
Mashqning o’ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchun
yuqoridagi ikki
asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so’zlardan gap
tuzishni va gap bo’laklarini
ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish
turiga ko’ra
sintaktik mashq
, faoliyat xarakteriga ko’ra
sintetik-analitik mashq
hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam
ko’llaniladi, shuning uchun ham vazifaning yetakchi tomoni hisobga olinadi.
Masalan, matnga mazmunga mos otni qo’yish, qaysi kelishik ekanini ko’rsatish
talab etilsa, bu
leksik-morfologik mashq
dir. O’quvchi
otning qaysi kelishikda
ekanini aniqlash uchun u bog’langan so’z (fe’l yoki ot)ni aniqlashi (so’z birikmasini
ajratishi) talab etiladi, shunga ko’ra bu mashq
sintaktik mashq
hisoblanadi.
Grammatik tahlil
analitik
mashq
qa kiradi. Grammatik tahlil so’z
turkumiga
ko’ra (morfologik) tahlilni, gap bo’laklariga ko’ra (sintaktik) tahlilni o’z ichiga
oladi.
Gap bo’laklariga ko’ra tahlil o’quvchilar o’zlashtirgan sintaktik bilimlarning
meoyoriga qarab chuqurlashib boradi.
437
Amaldagi dasturga ko’ra, 1- sinf o’quvchilari “ega” va “kesim” atamalaridan
foydalanmaydilar, ammo ular gapniig bosh bo’laklarini
amaliy ravishda topish
ko’nikmasiga ega bo’ladilar, yaoni gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan
so’z (ega)ni, u haqda nima deyilganini anglatgan so’z(kesim)ni topadilar. Masalan,
Bolalar olmalarni terdilar
gapini tahlil qilishda o’quvchilar quyidagicha fikr
yuritadilar: “Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? –
bolalar
(so’zning tagiga bitta
to’g’ri chiziq chizadilar).
Bolalar
– nima qildilar? –
terdilar
(so’zning tagiga ikki
to’g’ri chiziq chizadilar).
Bolalar terdilar –
gapning
asosiy qismi; nimalarni?
(terdilar) –
olmalarni
”.
2- sinfda 1- sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi.
Masalan, 2- sinf o’quvchisi
“Chiroyli gullar adirlarni bezadi”
gapini quyidagicha
tahlil qiladi: “Gap gullar haqida aytilgan. Nimalar? –
gullar
– ega (tagiga bir chiziq
chizadi). Paxtalar haqida nima deyilgan?
Ochildi
– nima qildi? – kesim (tagiga ikki
to’g’ri chiziq chizadi). Qaerlarni? (bezadi) –
adirlarni
– ikkinchi darajali bo’lak,
gapni to’ldirayapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) –
chiroyli
(gullar)
ikkinchi darajali bo’lak, egani izohlayapti.
Gullar bezadi
– gapning asosi.
Chiroyli
gullar
va
adirlarni bezadi
– so’z birikmasi”.
3 - 4- sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o’zgarmaydi, ammo so’z
birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi.
Morfologik tahlilning mohiyati so’zning qaysi so’z turkumi ekani,
gapda
qanday grammatik shaklda kelganida ifodalanadi.
To’liq morfologik tahlilda o’quvchi so’z turkumining o’zi o’rgangan
belgilarini aytadi. Masalan, 1-sinf o’quvchisi shu so’z qanday savolga javob
bo’lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa belgisi, harakati).
3- sinfda so’z turkumlari o’tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda
o’tkaziladi:
Dostları ilə paylaş: