O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


IV. Ayrim til kategoriyalari bog’lanishining mohiyati yangi til



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   416
IV. Ayrim til kategoriyalari bog’lanishining mohiyati yangi til 
kategoriyasini o’rganish jarayonida ochiladi,
shuningdek, bir yoki bir necha til 
kategoriyasi o’rganilgandan keyin oydinlashadi. Masalan, so’zning leksik ma`nosi 
va uning morfemik tarkibi so’zning ma`noli qismlarini o’rganish jarayonida biryo’la 
muhokama qilinadi, chunki u yoki bu morfemaning rolini boshqacha yo’l bilan 
tushuntirib bo’lmaydi; o’qituvchi so’z tarkibini o’zgartiradi va shu bilan bog’liq 
holda so’z ma`nosiniig o’zgarishini ko’rsatadi, bu o’zgarish so’zning qaysi qismi 
(so’z yasovchi qo’shimchA.hisobiga hosil bo’lganini tushuntiradi: 
ish
chi
 – ish
la
 –
ish
chan
; paxta
kor
 – paxta
zor
.
Fe’llarning shaxs-sonda tuslanishi kishilik olmoshlari o’rganilgandan so’ng, 
fe’lda shaxs kishilik olmoshlarining uch shaxsni ko’rsatishi bilan bog’lab 
o’rganiladi. 
Maktabda grammatik materialni o’rganish amaliy yo’nalishga ega bo’lgani va, 
birinchi navbatda, o’quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani 
uchun, bir til kategoriyasining boshqasiga tobeligini va bir-birini taqozo qilishini 
tushunish bilan birga, o’quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni 


433 
hal qilishda, yaoni so’zlarni yozish, gap tuzish, so’zni tahlil qilishda foydalanishga 
o’rgatish ham muhimdir. O’qituvchi tilni o’rgatish vazifalarini hisobga olib, doimo 
o’quvchilarning nutqiy tajrbasiga suyanadi va til kategoriyalarining bog’liqligi 
haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo’naltiradi. Bilim 
komponentlari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash bilimni tajribaga, o’quvchilarning 
yozma va og’zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi. 
Ona tilini o’rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday taominlanadi? 
Avvalo, maktab dasturi lingvistik materialni o’rganishda yangi o’rganiladigai 
materialning ilgari o’rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog’lanishini aniqlashga 
imkon beradigan izchillikni ko’zda tutadi. O’qituvchi bu bog’lanishning mohiyatini 
metodik jihatdan aniq ko’z oldiga keltirishi zarur. O’zaro bog’liq bo’lgan til 
hodisalarini ketma-ket va parallel o’rganish mumkin. Bularning qaysi biridan 
foydalanish maoqulroq degan masala ko’proq materialning lingvistik mohiyatidan 
kelib chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fe’ldan oldin o’rganiladi, bu 
fe’lning shaxs-sonda tuslanishini kishilik olmoshlariga bog’lab o’rganish imkonini 
beradi. O’qituvchi yangi o’rganiladigan materialni ilgari o’rganilganlar bilan 
bog’laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-biriga qarama-qarshi 
qo’yadi. Masalan, so’z o’zgartuvchi qo’shimchalarni o’rganishda ular so’z yasovchi 
qo’shimchalar bilan taqqoslanadi (so’z yasovchi qo’shimcha yangi so’z hosil qilish 
uchun xizmat qilsa, so’z o’zgartuvchi qo’shimcha so’zning shaklini o’zgartirish 
uchun, yaoni gapda so’zlarni bog’lash uchun xizmat qilishi aniqlanadi). 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin