420
fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor
jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar:
– Kitob
so’zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shuning uchun
so’zni tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z
tanlayman:
kitobi. Kitobi
so’zida
b
tovushi eshitilyapti, shuning uchun
kitob
so’zida
b
harfini yozaman.
Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va
ko’nikmalarni egallashlari kerak:
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti
eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan
almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z
tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish.
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash
(kitobi –
kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga).
SHunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning
sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari
zarur.
O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti
bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi:
maktabim – maktab, tuzi – tuz
kabi.
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz
undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida
jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar.
Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar
tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar:
avlodi – avlod,
kitobi – kitob.
Dostları ilə paylaş: