O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   416
 
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan 
talablar 
Darsning umumiy tasnifi
. Dars - uzluksiz ta`lim muassasalarida amalga 
oshiriladigan ta`limning asosiy shakli. O`quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli, 
mantiqiy tugallangan, yaxlit o`quv-tarbiyaviy jarayonning aniq vaqt bilan 
cheklangan qismi. Dars muayyan miqdordagi o`quvchilar tarkibi bilanqat`iy tartibda 
uyushtiriladigan va aniq maqsadga yo`naltirilgan didaktik tadbir
30
.
Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko`ra zamonaviy dars 
quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishi lozim: 
- ta`limning tarbiyaviy maqsadlarga bo`ysundirilganligi; 
- o`quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishga yo`naltirilganligi; 
- ilmiyligi va izchilligi; 
- tarbiyalanuvchilarning faolligi va mustaqilligini ta`minlashga qaratilganligi; 
- insonparvarligi va demokratiya yo`nalishiga egaligi; 
- tizimliligi; 
- bilimlarning ongli ravishda o`zlashtirishga qaratilganligi; 
30
Педагогика энциклопедияси. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. Давлат илмий нашриёти. 2015. 
250-251-бетлар. 


390 
- amaliy ahamiyatga egaligi
31

Zamonaviy ta`lim tajribasida dars vaqti 45. 40, 35 va 30 daqiqani tashkil etishi 
mumkin.
Darsga qo`yiladigan pedagogik tafakkur talablaridan kelib chiqib, psixologiya, 
fizioligiya, psixolingvistika tavsiyalariga asoslanib quyidagi 
umumiy talablar
qo`yiladi:
1. Ta`limiy talab. 
Har bir dars o’quvchiga ona tili predmeti yuzasidan 
(boshlang`ich sinfda savod o`rgatish darslari, o`qish darslari, ona tili darslari ona tili 
predmeti atamasi ostiga birlashtirilgan) dastur talablari muvofiq bilim berishi lozim.
2. Tarbiyaviy talab. 
Har bir dars mavzusi, darslikdagi o`quv materiali va 
o`qituvchi tomonidan mavzuni mustahkamlashga xizmat qiladigan qo`shimcha 
o`quv materiallari mazmunidan kelib chiqib o`quvchilarga ma`naviy-axloqiy 
tarbiyalar singdiriladi.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin