O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   416
 
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari 
Maktabda o’quv predmeti sifatida tilni o’rganish tizimi tilning barcha 
tomonlarini, yaьni fonetikasi, leksikasi, so’z yaslishi va grammatikasi (morfologiya 
va sintaksis)ning o’zaro ichki bog’lanishlariga asoslanadi. 


381 
Tilning barcha tomonlari o’zaro bog’lanishining ko’p qirraliligi va 
murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida 
namoyon bo’ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani 
tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o’zaro bog’lanishda bajaradi. Har bir 
so’zga xos bo’lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo 
so’zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to’g’ri kelmaganidek, o’zicha 
yashamaydi. Istalgan tovushlar yig’indisi emas, balki ma`lum ma`no bildiradigan 
tovushlar yig’indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. 
Ma`lumki, ma`no bildiradigan tovushlar yig’indisi so’zdir. Tilning lug’at 
boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o’ziga xos qurilish 
materialidir. 
Tilning lug’ati qanchalik boy bo’lsa ham grammatikasiz u o’lik hisoblanadi. 
Tilnnng lug’at boyligi o’z-o’zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida 
xizmat qilish uchun lug’at boyligidagi so’zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan 
o’zaro bog’lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. 
Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o’ziga xosligida 
namoyon bo’ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; 
leksikologiya uchun ma`nosi va qo’llanishi nuqtai nazardan so’z; grammatika uchun 
so’z shakllari, shuningdek, so’z birikmasi va gap; so’z yasalishi uchun morfema, 
tuzilishi va yasalishi jihatdan so’z hisoblanadi. 
So’z, so’z birikmasi va gap grammatik tomondan ko’pgina xususiyatlarga ega. 
So’zning o’z morfemik qurilishi, o’zining so’z yasalish turi, biror grammatik 
kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma`lum sintaktik vazifasi bor. 
So’z birikmasi ham so’z kabi so’z o’zgarishi (ko’proq ergash so’z o’zgaradi) 
shakllariga ega. Gap o’z qurilishiga ko’ra so’zdan sifat jihatdan farqlanadi: so’z o’zi 
alohida kelganda mustaqil ma`no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni 
tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma`no bildiradi, 
gap tarkibida esa uning ma`nosi yana oydinlashadi. Gap va so’z birikmasi “qurilish 
materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so’zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik 
xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir. 


382 
SHunday qilib, tilning har bir jihatining o’ziga xos xususiyatini ko’rib 
chiqishning o’zi ularning o’zaro munosabatini, bir-biriga o’tishining murakkabligini 
ko`rsatadi. Tilshunoslik fani bo’limlari o’rtasidagi munosabatlar ham shunga 
o’xshash murakkabdir. 
Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog’lanadi. 
Tovushlar, fonemalar, bo’g’inlar tilda alohida emas, balki ma`lum leksik ma`no 
bildiradigan so’z tarkibida yashaydi. 
Fonetikaning sintaksis bilan bog’lanishi, xususan, har bir gapda ma`lum 
ohangda bo’lishida ko’rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog’langan so’zlar 
majmuasi ma`lum ohangga ega bo’lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning 
mazmuni so’zlovchining gapda ifodalangan ohangiga bog’liq bo’ladi. SHunday 
qilib, ohang gapda so’z tartibi, yordamchi so’zlardan foydalanish, so’z o’zgartishlar 
bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi. 
Leksikologiya so’z yasalishi bilan jips bog’lanadi: birinchidan, tilning lug’at 
tarkibi, asosan, tilda mavjud bo’lgan so’zlardan yangi so’zlar yasalishi hisobiga 
to’ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so’zlarning leksik ma`nosi yasama 
negizning moddiy ma`nosiga asoslanadi. 
Morfologiya leksikologiya va so’z yasalishi bilan jips bog’langan. 
Morfologiya, asosan, so’zning grammatik xususiyatlarini o’rganadi. So’zning 
grammatik ma`nosi doimo leksik ma`nosi bilan birga namoyon bo’ladi, har bir so’z, 
bir tomondan, shu so’zga tegishli bo’lgan ma`lum o’ziga xos leksik-grammatik 
guruhning belgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so’zning o’z leksik ma`nosi 
bo’ladi. So’zdagi mana shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan 
holda, leksika zaminida o’rganiladi. 
So’z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo’lib, bunga so’zning leksik 
ma`nosi va qator grammatik belgilari bog’liq bo’ladi. Yangi so’z qaysi usul bilan 
yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o’zining leksik ma`nosiga ega bo’ladi. 
Har bir so’z turkumida so’z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud. So’zning 
morfemik tarkibi va yangi so’z yasalish usullari tilshunoslik fanining so’z yasalishi 
bo’limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o’rganiladi. 


383 
Morfologiya va sintaksis har tomonlama o’zaro bog’lanadi. Morfologiyada, 
asosan, so’zlarning grammatik ma`nosi va uni ifodalash shakllari o’rganiladi; 
sintaksisda so’zlarni o’zaro bog’lanib so’z birikmasi va gap hosil qilish usullari
shuningdek, gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o’rganiladi. So’z 
morfologiyada ham, sintaksisda ham o’rganiladi, ammo o’rganish oboekti har xil 
bo’ladi. Sintaksisning o’rganish oboekti gapdir; unda so’z gap yoki so’z birikmasida 
boshqa so’zlar bilan ma`no va grammatik jihatdan bog’langan holda o’rganiladi. 
Morfologiyada so’z gapdan tashqarida ham o’rganilishi mumkin; so’zga muayyan 
leksik-grammatik guruhga kiradigan so’zlar bilan o’zaro munosabati nuqtai 
nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so’zga bunday har xil yondashish 
ularning bir-biriga bog’liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so’z va gapning o’zida 
yashaydi. So’zlar so’z o’zgarish tizimiga ega bo’lgani tufayli gaplar aloqa vazifasini 
bajaradi. SHakl yasalishi va so’z yasalishi morfologiyada o’rganiladi, ammo gapda 
tatbiq etiladi, so’zlarning o’zaro bog’lanish qoidalarini o’rganish esa sintaksis 
sohasiga taalluqlidir. So’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning o’zaro bog’lanish 
usulini aniqlashda shu so’z birikmasiga kirgan so’z turkumining morfologik 
xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog’liq 
holda o’rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir. Bu aniq misollar morfologiya 
va sintaksis bir-birini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo’limi ekanini 
ta`kidlash uchun yetarli. 
Keltirilgan fikrlar boshlang’ich sinf o’quvchilariga predmetlararo ichki 
bog’lanishni hisobga olgan holda ona tilini o’rgatish metodikasini belgilaydi. 
1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so’z yasash, grammatik) tomonlari o’zaro 
bog’liqligini va ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, 
o’quvchilar tilni ongli o’zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini 
va ular o’rtasidagi bog’lanishni o’zlashtirishlari zarur. 
1-4-sinflarda ona tilini o’rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so’z yasalishi 
va grammatikaning o’zaro bog’lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu 
hol dastur materiallarini o’rganish tartibini belgilashda ham, ta`lim mazmunini 
(dastur bo’limlari o’rtasidagi uzviy bog’lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi. 


384 
2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta`siri uning aloqa quroli vazifasida 
namoyon bo’ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so’zni to’g’ri 
talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so’zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda 
tushunarli bo’lishi, gapda grammatik jihatdan to’g’ri tuzilishi kerak. 
SHularni hisobga olib, kichik yoshdagi o’quvchilar tilning talaffuzi, grafik, 
leksik, so’z yasalishi va grammatik tomonlarining o’zaro bog’lanishi mohiyatini 
tushunishlari uchun dastur materialini o’rganishda tilning aloqa vazifasi yetakchi 
ekani nazarda tutiladi, yaoni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari 
birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. SHu maqsadda tilning fonetik tomonini 
o’rganishda so’zning ma`no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning 
so’z ma`nosini farqlashdagi o’rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi. 
“So’z” mavzusi o’tilayotganda o’quvchilar tomonidan so’zning talaffuzi, 
leksik ma`nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi 
va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o’qituvchi so’zning 
nom bo’lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma`nosining bir-biriga 
ta`sirini ham o’quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim. 
“Gap” mavzusini o’rganish vaqtida esa ishning asosiy yo’nalishi nutqda 
gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o’quvchilarda og’zaki va 
yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish ko’nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog’liq holda o’rganish ona 
tilini o’rgatishning yetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til 
o’suvchan, bir-biriga o’zaro ta`sir etadigan tomonlari mavjud bo’lgan murakkab 
hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin