O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


 Didaktik talablar. Dars o`qituvchi va o`quvchilarning ijodiy faoliyat shakli



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   416
3. Didaktik talablar. Dars o`qituvchi va o`quvchilarning ijodiy faoliyat shakli 
bo`lib, u keng ko`lamli va serqirra pedagogic hodisa bo`lganligi uchun ham unga 
quyidagi didaktik talablar qo`yiladi: 1) 
darsning maqsadi va vazifalarini aniq 
belgilash; 2) darsning turini va shaklini belgilash; 3) darsning vositalarini aniqlash; 
4) darsda foydalaniladigan jihozlar, texnik vositalarni tanlash; 5) o`quvchilarning 
mavzuni tushunib olishlarini ta`minlovchi o`quv materiallari ustida ishlash metod 
va usullarini tanlash; 6) o’quvchilarning bilimini nazotar qilish va baholash shakllari 
aniqlab olish. 
4. Psixologik talablar.
o’qituvchi o’z o’quvchilarining xarakter-xususiyatini 
qanchalik darajada yaxshi bilishi judda katta ta`limiy ahamiyatga ega. O’z 
o’quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o’qituvchigina to’laqonli 
dars uyushtirishi mumkin. 
5. Gigienik talablar.
Bu o’quvchilar salomatligi haqida qayg’urish demakdir. 
Sinf jihozlarining o`quvchi bo`y-bastiga mos bo`lishi va qulayligi, yorug’likning 
o`ng tomondan tushishi, o`quv qurollarining massasi, sinfning tozaligi
31
Педагогика энциклопедияси. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. Давлат илмий нашриёти. 2015. 
251-бет.


391 
jihozlarining o`qitiladigan fanlar mazmuniga mosligi, toza havo va boshqalar o`quv 
jarayonining samaradorligini ta`minlaydi. 
Ona tili darslarining turlari va qurilishi
. Dars turlari uning didaktik 
maqsadiga ko’ra belgilanadi, chunonchi: 
yangi materialni o’rganish darsi, bilimni 
mustahkamlash 
darsi, 
umumlashtiruvchi-takrorlash 
darsi, 
bilimlarning 
qanchalik o’zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi
va boshq. Har bir dars 
turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi 
va qurilishi o’rtasida ma`lum bog’lanish mavjud. Muayyan bir darsning didaktik 
maqsadi o’rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o’rniga 
qarab belgilanadi. O’qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va 
o’rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab, 
qurilishini belgilaydi. 
Dars qurilishida qatoiy andaza bo’lishi mumkin emas. Biroq darsda uy 
vazifasini tekshirish, takrorlash, yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, uyga 
vazifa berish bosqichlariga rioya qilish tajribada o’zini oqlayapti. SHunga qaramay, 
bularga ijodiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan metodik usullariga 
asoslangan holda, darsni qaysi bosqich (yangi materialni tushuntirish, mustaqil ishni 
bajartirish yoki uy vazifasini tekshirish) dan boshlashni o’qituvchining o’zi hal qilib, 
bosqichlar orasidagi ichki bog’lanish, har bir bosqichdagi ishlarning mazmunini 
aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. Darsning barcha 
bosqichlarini bir jarayonga birlashtirish o’qituvchidan yuksak mahorat talab etadi. 
Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilar modul usulida mustaqil ishlashga o’rgatib 
borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslarni tashkil etish osonlashadi, chunki 
o’quvchilarda bu haqda ko’nikmalar hosil bo’la boradi. O’qituvchi dars davomida 
dam olish daqiqalarini ham uyushtirishi kerak. 
Quyida yangi pedagogik texnologiya usullaridan biri – modul asosidagi 1 
soatlik ona tili darsi namunasini keltiramiz: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin