O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Ulug’bekning o’g’li bilan vidolashuvi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   416
Ulug’bekning o’g’li bilan vidolashuvi 


365 
Taxt o’tkinchi, e nodon, 
Men ketdim, sen yashayver. 
Ilmsiz yurt – biyobon, 
Men ketdim, sen yashayver…
SHoirning Jaloliddin Manguberdi, shoir Miraziz Aozam, yozuvchi 
Tog’aymurod va boshqalar haqidlagi she’rlaridan o’qib berish ham mumkin.
O’qituvchi aytilgan she’rlar yuzasidan suhbat uyushtiradi. 
8. Krossvord yechish. 
Topshiriqlar:
Bo’yiga: 
1. SHe’r yozadigan odam.
Eniga: 
2. SHoir yozadigan janr. 3. SHoirning ismi. 4. SHoirning familiyasi. 
9. Uyga vazifa.
Keyingi darsdagi sinfdan tashqari o’qish uchun asarlar tavsiya 
qilinadi, Anvar Obidjon she’rlaridan yod olib kelish topshiriladi, sahna asarlarini 
rollarga bo’lib o’qishga tayyorlanib kelish, she’r va sahna asarlari mazmuniga mos 
rasmlar chizish vazifa qilib beriladi. O’quvchilarning o’zlari ham she’r yozib 
kelishlari mumkinligi aytiladi. 
10. Darsni yakunlash.
O’qituvchi keyingi STO’ darsida qaysi bolalar 
yozuvchilari ijodi bilan tanishishni istashlarini so’raydi. Darsda faol ishtirok etgan 
o’quvchilar rag’batlantiriladi. 
Sinfdan tashqari o’qish darslarini rejalashtirish va
STO’ uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati 
Boshlang’ich taolim jarayonida o’quvchilar badiiy va ilmiy-ommabop 
kitoblarni mustaqil o’qiy va tanlay oladigan, ularning mazmun-mohiyatini 
tushunadigan bo’lishlariga erishish lozim. Bu jarayonda o’quvchilarning faqat 
kitoblarninggina emas, balki gazeta va jurnallar mutolaasiga ham qiziquvchan faol 
kitobxon bo’lishlariga eotibor qaratiladi. 
Mavjud dasturlarda sinfdan tashqari o’qish davomida o’quvchilar egallashi 
zarur bo’lgan bolalar yozuvchilarining asarlarini tanlay bilish, mustaqil o’qigan 
kitoblarini, ulardagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholash, asar syujetidagi 


366 
muhim o’rinlarni ajrata olish, sinfdan tashqari o’qish kundaligi yuritish kabi 
ko’nikmalarni egallash belgilab berilgan. 
Sinfdan tashqari o’qish, o’z navbatida, qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat 
bo’lib, o’quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga 
faol munosabat uyg’otadi. SHuning uchun ham bu xildagi darslarning qurilishi ham 
xilma-xil bo’ladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilar o’qigan kitoblari hisobga 
olinadi, yangi kitoblar tavsiya etiladi. Mustaqil mutolaa qilingan asarlar yuzasidan 
o’tkaziladigan suhbatlarda asar mavzusi, janri, kompozitsion tuzilishi, syujet 
qurilishi, qahramonlar timsoliga oid tahlil elementlari o’qituvchi savollari asosida 
o’quvchilar ongiga singdirila boriladi. 
Sinfdan tashqari o’qish darslarida ham kirish va yakuniy suhbatlar o’tkaziladi. 
Darslar rejasi butun o’quv yili uchun oldindan tuzilishi lozim. 
Sinfdan tashqari o’qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy 
faoliyatga o’rgatish, bilimini boyitish va o’qish ko’nikmalarini takomillashtirishdir. 
O’quvchilarga sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qishlari zarur bo’lgan kitoblar, 
ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko’rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi 
bilan birgalikda kitob ko’rgazmalari tashkil etiladi. Bu jarayonda kitob 
muqovasi, tituli, betlarini farqlay olish, asar muallifi, nomlarini, rassomlarni tanib-
bilib olish, rasm asosida asarlarning nima haqida ekanini, mazmunini aniqlashga 
erishish muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan kitob 
tanlash va o’qish ko’nikmalarini shakllantirish, ularni o’qigan asari mazmunini 
qisqacha so’zlab berishga o’rgatish lozim. 
O’qish mavzusi sinfda o’qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg’unligiga, taolim-
tarbiya birligiga, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga rioya qilgan holda 
belgilanadi hamda asarlar tanlanadi.
Bunda sinfdan tashqari o’qish uchun tanlanadigan mavzular, asosan, 
quyidagicha rejalashtirilishi mumkin: 
1. Gulla - yashna hur O’zbekiston! 


367 
2. Mustaqillik − oliy neomat. 
3. O’zbekistonning qahramon o’g’lonlari.
4. Tabiat – bizning uyimiz.
5. Odob − oltindan qimmat. 
6. Ona tilim − jonu dilim. 
7. Bilim ol – hunar tanla
va boshq. 
Boshlang’ich sinflarda STO’ darslarini rejalashtirishda quyidagilarga 
asoslaniladi: 
1. Mavsumiy tamoyilga va milliy anoanalarimiz bilan bog’liq bo’lishi. 
2. STO’ darslarini sinfdan sinfga o’tgan sari bosqichli izchillik tamoyili asosida 
kengaytirib borish. 
3. Sinfda o’qish darslarida o’rganiladigan mavzular bilan bog’liq bo’lishi. 
4. Bolalar yozuvchilarining tavallud kunlari bilan bog’liq holda ularning ijodini 
o’rganish. 
5. Bolalarning qiziqishlarini hisobga olish. 
6. Adabiy jarayon bilan hamnafas bo’lishi. 
7. STO’ uchun beriladigan topshiriqlarning ijodiy xarakterda bo’lishi. 
8. O’quvchilarda mustaqil o’qish ko’nikmalarining shakllanishiga eotiborni 
kuchaytirish va rahbarlik shakllarining xilma-xil bo’lishi. 
4-sinfda (STO’ning asosiy bosqichi) STO’ darslarining bir yillik taxminiy 
rejalashtirilishi quyidagicha bo’lishi mumkin: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin