O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Anvar Obidjonning sahna asarlaridan parchalar namoyish qilish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   416
3. Anvar Obidjonning sahna asarlaridan parchalar namoyish qilish.
Bunda “Navro’z va boychechak” pьesasidan parcha olish mumkin. 
4. O’quvchilar o’zlari qiziqib tanlagan to’plamlari bo’yicha guruhlarga 
bo’linishadi. 
1-guruh. “Bulbulning cho’pchagi” 
2-guruh. “Bezgakshamol” 
3-guruh. “Oltiariq hangomalari” 
4-guruh. “Erliklar” 
5-guruh. “Masxaraboz bola” 
5. Guruhlar taqdimoti.
Har bir guruh o’zlari tanlagan to’plamlardan she’r, 
latifa, ertak-pьesalardan parchalar o’qib beradi. 1-guruh taxminan “Fatxullaning 
kurkasi”, “Yirtqich” she’rlarini, 2-guruh “Obbo, kalamush-ey!” 
(Kalamushvoy,


364 
 Kalamush,
Savoding sal 
CHalamish.
Yoz desalar 
“Temir” deb. 
Sen yozasan 
Kemir deb), 
“Masxaraboz bola”, 3-guruh “Karnay qo’shig’i”, “CHigirtka qo’shig’i”, 4-
guruh “Tuzdonda yozilgan she’r”, “Partada yozilgan she’r”, 5-guruh “Bezori”, 
“Handalak”, “Turp”, “Kalish afsonasi” 
(Seni kiyib olishib,
Rosa kezib yurishdi. 
Yo’lakdagi xaslarni,
Dangal ezib yurishdi. 
Kalishvoy.
Pisand qilmay qararding. 
Eh, o’zingdan pastlarga, 
Axir seni yoqishdi 
Qo’shib o’sha xaslarga,
Kalishvoy) 
kabi she’rlarni o’qishadi. SHe’rni ifodali o’qib bergan 
o’quvchi rag’batlantiriladi. 
 
6. O’qilgan she’rlar yuzasidan suhbat: 
− Anvar Obidjon nimalar haqida she’r yozgan? 
− “Partada yozilgan she’r” kim haqida ekan? 
− Handalak kim haqida so’zlab berdi? 
− Bo’rining gaplari rostmi? 
− Masxaraboz bola nima uchun “burnimni berib turaman” dedi? Burnini berib 
tursa, qiziqchi bo’lib qoladimi? 
7. O’qituvchi shoir she’rlaridan o’zi o’qib beradi: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin