348
SINFDAN TASHQARI O’QISH METODIKASI
Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari
Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda
kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma`lum
bir mavzuga oid
kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol
kitobxonni tarbiyalaydi. SHu jihatdan sinfdan tashqari o’qish (STO’) tarbiyaning
asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi.
O’quvchining ma’naviy dunyosini boyitishda shubhasiz badiiy adabiyotning
ahamiyatini hech narsa bilan tenglab bo’lmaydi. Ayniqsa sinfdan tashqari o’qish
darslarida sinfda o`qish darslarida o’rganilgan mavzularga turdosh mavzularni,
badiiy asarlarni o’rganish, o’quvchilarni mustaqil faoliyatga yo’llashi shubhasisdir.
Sinfdan tashqari o’qish darslarini to’g’ri uyushtirishning o’zi alohida ta’limiy-
didaktik muommo hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarda o’qish darslari ta’limiy-
didaktik masala sifatida professorlar: K.Qosimova, A.G’ulomov, S.Matjonov,
shuningdek, dotsentlar: V.Ma’qulova kabi olimlar tomonidan ma’lum
darajada
ishlangandir. Bu borada V.Svetlovskaya, O.Jalilliy kabi metodistlarning ham
xizmatlarini alohida ta’kidlash joizdir. Ulardan Hikmatulla Abdullayev “1-sinflarda
sinfdan tashqari o’qish”, Barno Ma’qulova esa “Boshlang’ich sinflarda sinfdan
tashqari o’qish metodikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashgan. B.
Ma’qulova bilan T.Adashboyevlarning “Kitobim-oftobim” ( 1-sinflar uchun
sinfdan tashqari o’qish uchun o’quv qo’llanmasi) , B.Ma’qulova bilan
S.Matjonovning “Kitobim-oftobim” ( 2-sinflar uchun darsdan tashqari o’qish uchun
o’quv qo’llanmasi) , B.Ma’qulova, E.Abduvoitovlarning “Kitobim-oftobim” ( 3-
sinflar uchun sinfdan tashqari o’qish uchun o’quv qo’llanmasi)
kabi asarlar
boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish faoliyatlarida asosiy manbalardan biri
vazifasini bajaradi.
Metodist Barno Ma’qulova sinfdan tashqari o’qish darslarini tizimlashtirishiga,
amaliyot bilan chambarchas bog’lashga muvoffaq bo’lgan. Uning fikricha, sinfdan
tashqari o’qish darslarida asosiy dars jarayonida ijodi o’rganilgan yozuvchilarning
349
boshqa asarlarini yoki asosiy darsda o’rganilgan muayyan mavzuga tegishli yangi
bir asarni o’rganish har jihatdan maqsadga muvofiqdir. Tabiiyki, boshlang’ich sinf
o’quvchilarining yozuvchilar haqidagi ma’lumoti deyarli yo’q darajada. Shuning
uchun ham sinfdan tashqari o’qish darslarida badiiy asarlar tahlilini o’sha asarni
yaratgan ijodkorlarning hayoti, lozim bo’lsa shaxsiyati bilan bog’liq ma’lumotlar
bilan bog’lab talqin etilsa o’quvchilarning qiziqishi har jihatdan ortadi.
Ko’rinadiki, boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari
orqali o’quvchilarni nafaqat badiiy asarlar
bilan yaqindan tanishtirish, lug’atini
boyitish mumkin, balki ularda mustaqil ishlash, badiiy asarni baholash, adabiy
qahramonlarning xatti-harakatlariga to’g’ri munosabat bildirish,
asar voqealari
o’rtasidagi sababiy bog’lanishlar mazmunini anglash ko’nikma va malakalari
shakllanadi. Natijada dastur bo’yicha o’quvchilar tomonidan egallanishi zarur
bo’lgan bilimlar, ko’nikma va malakalar o’zlashtiriladi.
STO` darslarida xorijiy yozuvchilar asarlarini ham o’rganish, boshlang’ich sinf
o’qituvchilari hamda boshlang’ich sinflarda o’qish metodikasi bilan
shug’ullanuvchi ilmiy tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Aka-uka
Grimmlar, Xans Kristian Andersen,
Jonathan Svivft, Sharl Perro, Aleksandr
Pushkin, Abulqosim Firdavsiy, Lev Tolstoy kabi kabi xorijiy xalqlar adabiyoti
vakillarining asarlari misolida sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida
mustaqil
tarzda xorijiy xalq adabiyotini o’rganish o’quvchilarni dunyo xalqlarining turmush
tarzi, ma’naviy olami, ruhiyati bilan chuqur tanishtirishga xizmat qiladi. Shunisi
diqqatga sazovorki, boshlang’ich sinflarning o’qish dasturlarida hamda o’qish
kitoblarida xorijiy xalqlar adabiyotini o’rganishga juda kam o’rin ajratilgan. 4- sinf
o’qish kitobi bundan mustasno. Chunki mazkur darslikda maxsus “Jahon bolalar
adabiyoti” bobining berilishi, mazkur bobda F.Erding, Aka-uka Grimmlar, J.Svift,
A.S.Pushkin hamda Abulqosim Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy kabi qardosh xalqlar
adabiyoti namunalarining o’rganilishi alohida e’tiborga loyiqdir.
Sinfdan
tashqari
o`qishning
maqsadi
ham
o’qish
malakalarini
takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan
kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
350
Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. Bunday
darslar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkazilib kelindi.
Hozirgi dasturga ko’ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada bir marta o’tkaziladi.
Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20
daqiqasi
ajratiladi.
Sinfdan tashqari o’qish sinfda o`qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq
bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan
yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash,
ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi.
O’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish,
shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini
shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari uchun haftadagi oxirgi o’qish darsining
20 daqiqasi ajratiladi va keyingi bosqichlarda ikki haftada bir marta o’tkaziladi.
Bunda o’qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi.
Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina,
o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.
Bunda o’qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o’tkazish,
Dostları ilə paylaş: