342
2. Badiiy asar ustida ishlash rejasini tuzing va uni asoslang, badiiy asar ustida
ishlashning har bir bosqichi oldida turgan vazifani ayting.
3. Matn ustida ishlash yuzasidan 1-4-sinf o’quvchilarining bilimiga qo’yilgan
dastur talablarini tahlil qiling.
4. «O’qish darslarida o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash», «O’qish
darslarida
o’quvchilarni estetik tarbiyalash» mavzusida qisqacha axborot tayyorlang.
5. «O’qish kitobi»da berilgan tabiat manzarasi
tasvirlangan bironta matn
tahlilini ishlab chiqing.
6. Har bir adabiy turning o’ziga xos xususiyatlarini ayting
va ularni bir-biri
bilan taqqoslang.
7. SHe’r o’qish darsidagi asosiy ish turlarini misollar asosida yoriting.
8. Hikoya o’qishda qaysi ish turlaridan foydalaniladi? Hikoya o’qish darsiga
misol tariqasida bironta mavzuga oid dars ishlanmasini tayyorlang.
9. Ertakni o’rganishda qanday usullardan foydalaniladi? Boshlang’ich
sinflarning «O’qish kitobi»ga kiritilgan ertaklarni sinflar bo’yicha guruhlab, ko’proq
qaysi mavzudagi ertaklar berilganini izohlang.
10. Maqol, topishmoq janriga xos matnlarni o’rganib
chiqing va ularda
qo’llangan badiiy til vositalarini aniqlang. Bu janrlar ustida ishlash bo’yicha savol-
topshiriqlar tuzing.
11. Masal matni ustida qanday ishlar amalga oshiriladi? Masalni o’qish darsi
namunasini tayyorlang.
12. Ilmiy-ommabop asarlarni o’rganish darsining xususiyatlarini izohlang.
13. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’rganiladigan bironta doston bo’yicha
dars ishlanmasini tayyorlang.
14.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o’rgatish
usullarini misollar bilan
tushuntirib bering.
15. O’qish darslarida qanday mustaqil ish turlaridan foydalaniladi?
Ularni
misollar bilan tushuntiring.
16. O’qish darslarida nutq o’stirishga oid dars namunasini ishlab chiqing.
343
17. O’qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etishga oid o’z fikr-
mulohazalaringizni bildiring.
Dostları ilə paylaş: